Meksikada 600 ming obunachiga ega TikTok blogeri jonli efir vaqtida otib ketildi

Meksikaning Kuliakan shahrida qariyb 600 ming kuzatuvchisi bo'lgan TikTok blogeri Sesar Gastelum jonli efir vaqtida qurolli hujum oqibatida halok bo'ldi. U do'stlari bilan restoranlardan biri oldida turgan paytda mototsiklda kelgan ikki kishidan biri unga yaqinlashib, o'q uzgan. Sesar Gastelum og'ir jarohatlar sabab voqea joyining o'zida vafot etgan, huquqni muhofaza qiluvchi organlar esa hujum sabablari va gumonlanuvchilar haqida hozircha ma'lumot bermadi.
Meksikada qariyb 600 ming kuzatuvchisi bo‘lgan bloger Sesar Gastelum qurolli hujum oqibatida hayotdan ko‘z yumdi. Hodisa Kuliakan shahrida u ijtimoiy tarmoq orqali jonli efir qilayotgan vaqtda sodir bo‘lgan, deb xabar beradi "Animal Politiko".
Sesar Gastelum do‘stlari bilan restoranlardan biri oldida turgan. Uning telefonidan to‘g‘ridan to‘g‘ri efir davom etayotgan paytda mototsiklda ikki kishi yetib kelgan.
Tarqalgan kadrlarda ulardan biri blogerga yaqinlashib, o‘q uzgani ko‘rinadi. Sesar Gastelum og‘ir jarohatlar sabab voqea joyining o‘zida vafot etgan.
Meksika huquqni muhofaza qiluvchi organlari hujum sabablari va gumonlanuvchilar haqida hozircha ma’lumot bermadi. Tergov doirasida videolar va guvohlarning ko‘rsatmalari o‘rganilishi kutilmoqda.
Kuliakan shahri Sinaloa shtatida joylashgan. U yerda uyushgan jinoiy guruhlar o‘rtasidagi qarama-qarshiliklar ko‘p kuzatiladi.































Izohlar 0
…