Shahlo Salayeva va Veysel Dulger to‘yidan keyin qayerda yashashini ma’lum qildi

Xonanda Shahlo Salayeva va turkiyalik kuyov Veysel Dulgerning Turkiyada ikki kun davom etgan to‘y marosimi bo‘lib o‘tdi. To‘ydan so‘ng juftlik intervyu berib, kelajakdagi hayoti va nikoh bilan bog‘liq ayrim savollarga javob berdi.
Suhbat davomida ulardan turmushdan keyin qayerda yashashni rejalashtirgani so‘raldi. Shahlo Salayevaning aytishicha, hozircha ularning barcha ishlari va faoliyati O‘zbekistonda bo‘lgani sababli yashashni shu yerda davom ettirishadi.
"Hozirda ishimiz ham, barcha rejalarimiz ham O‘zbekistonda. Shu sababli hozircha O‘zbekistonda yashaymiz. Alloh nasib qilsa, keyinchalik Turkiyaga ketish niyatimiz bor," — dedi xonanda.
Shuningdek, suhbat davomida nikohdagi mahr mavzusi ham tilga olindi. Shahlo Salayeva mahr sifatida so‘ragan sovg‘asi hali olib berilmaganini, biroq turmush o‘rtog‘i uni keyinchalik albatta olib berishini aytganini ma’lum qildi.






























Izohlar 0
…