O‘zbekistonlik zargardan Ronalduga sovg‘a qilingan qimmatbaho soat internetda muhokamaga sabab bo‘ldi

O‘zbekistonlik zargardan Ronalduga sovg‘a qilingan qimmatbaho soat internetda muhokamaga sabab bo‘ldi

O‘zbekistonda tug‘ilgan taniqli zargar Yoqub Arabov Krishtianu Ronalduga qiymati 1 million dollardan oshishi aytilayotgan qo‘l soatini hadya qildi. Sovg‘a futbolchi va zargar o‘rtasidagi uchrashuv vaqtida taqdim etilgan.

Qahrabo rangida ishlangan soatni ko‘rgan Ronaldu o‘zida xuddi shu tusdagi "Bugatti" avtomobili borligini aytdi. Buni eshitgan Yoqub Arabov futbolchining avtomobil to‘plamida shunday rangdagi mashina mavjudligidan xabarsiz bo‘lganini bildirdi.

"Al-Nasr" klubi va Portugaliya terma jamoasi safida to‘p tepayotgan Ronaldu qimmatbaho avtomobillar hamda soatlarga qiziqishi bilan ham tanilgan. Biroq taqdim etilgan soat rangi uning "Bugatti"siga mos kelishi zargar uchun ham kutilmagan holat bo‘lgan.

Uchrashuv haqidagi xabar tarqalgach, muxlislar sovg‘aning narxi va tashqi ko‘rinishiga qiziqish bildirdi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar