Ishonish qiyin: Zarina Nizomiddinovaning to‘ng‘ich farzandi 18 yoshga to‘ldi!

Ishonish qiyin: Zarina Nizomiddinovaning to‘ng‘ich farzandi 18 yoshga to‘ldi!

Zarina Nizomutdinova oilasida quvonchli sana nishonlandi. Aktrisaning birinchi farzandi Temurxon Sodiqov 18 yoshga to‘ldi. Ushbu xabarni Zarinaning o‘zi ijtimoiy tarmoqda e’lon qilib, o‘g‘liga bag‘ishlangan samimiy tabrigini joyladi.

Aktrisa o‘z murojaatida Temurxonning dunyoga kelishi hayotidagi muhim voqealardan biri bo‘lganini yozdi. U farzandi tufayli ilk bor ona bo‘lish baxtini his etganini esladi.

"O‘g‘lim, baxtimga doimo sog‘ bo‘l. Umring uzoq bo‘lsin. Niyat qilgan barcha orzularingga yetib yurgin. 18 yoshing muborak", deya tilak bildirdi Zarina Nizomutdinova.

Post e’lon qilingach, muxlislar aktrisani farzandining tug‘ilgan kuni bilan tabriklashdi. Izohlarda Temurxonga yorug‘ kelajak, oilasiga esa tinchlik va xotirjamlik tilagan ko‘plab samimiy fikrlar qoldirildi.

Qora sochli yigit va qiz yonma-yon turibdi, yigit qizning yuzidan o‘pmoqda.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar