Ronalduning 12 million dollarlik to‘yi dunyoni hayratga solmoqda

Ronalduning 12 million dollarlik to‘yi dunyoni hayratga solmoqda
Qisqacha

Jahon futboli yulduzi Krishtianu Ronaldu va uning sevgilisi Jorjina Rodrigesning nikoh marosimi shu yilning avgust oyida Portugaliyaning Madeyra orolida o'tkazilishi rejalashtirilgan. Funshal soborida o'tishi kutilayotgan ushbu tantanali marosimni tashkil etish uchun taxminan 12 million dollar sarflanishi mumkin. Marosimga jahon sporti va shou-biznesining mashhur vakillari, jumladan, Habib Nurmagomedov va Konor Makgregor ham taklif qilinishi aytilmoqda.

Jahon futboli yulduzi Krishtianu Ronaldu va uning sevgilisi Jorjina Rodriges tez orada rasman turmush qurishi mumkin. Xorij OAVlarida tarqalgan ma’lumotlarga ko‘ra, juftlikning uzoq kutilgan nikoh marosimi shu yilning avgust oyida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Ma’lum qilinishicha, to‘y Portugaliyaning Madeyra orolida bo‘lib o‘tadi. Nikoh marosimi Funshal soborida o‘tkazilishi, tantanali ziyofat esa oroldagi eng nufuzli mehmonxonalardan birida tashkil qilinishi kutilmoqda. Bu joy Ronaldu uchun alohida ahamiyatga ega, chunki uning katta futbol sari ilk qadamlari aynan shu yerdan boshlangan.

Krishtianu Ronaldu va Jorjina Rodriges ochiq havoda birga o‘tiribdi.

Marosimga jahon sporti va shou-biznesining mashhur vakillari taklif qilinishi aytilmoqda. Ular orasida Kilian Mbappe, Karim Benzema, Zinedin Zidan, Neymar, Vinisius Junior, Rodrigo, Rio Ferdinand kabi futbol yulduzlari, shuningdek, Rianna, Jennifer Lopes, Dreyk, Jastin Biber, Trevis Skott, Vin Dizel, MrBeast va ISHowSpeed kabi mashhur shaxslar ham borligi tilga olinmoqda.

Ronalduning 12 million dollarlik to‘yi dunyoni hayratga solmoqda

Eng katta qiziqish uyg‘otayotgan jihatlardan biri esa Habib Nurmagomedov va Konor Makgregorning ham mehmonlar ro‘yxatidan joy olgani haqidagi xabarlar bo‘ldi. Agar bu tasdiqlansa, uzoq yillardan beri raqib sanalgan ikki mashhur sportchi bir davrada uchrashishi mumkin.

Xabib Nurmagomedov va Konor Makgregor matbuot anjumanida bir-biriga qarama-qarshi turibdi.

Krishtianu Ronaldu va Jorjina Rodriges 2016 yildan buyon birga yashab keladi. Ular besh nafar farzandni tarbiyalamoqda. Juftlik o‘tgan yili unashtirilganini rasman e’lon qilgan va shundan buyon muxlislar ularning to‘yini intiqlik bilan kutib kelmoqda.

Tarqalayotgan ma’lumotlarga ko‘ra, tantanali marosimni tashkil etish uchun taxminan 12 million dollar sarflanishi mumkin. Agar bu raqam tasdig‘ini topsa, ushbu to‘y nafaqat yilning, balki so‘nggi yillardagi eng qimmat va eng ko‘p muhokama qilinadigan to‘ylardan biriga aylanishi mumkin.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar