06:30 / 14.04.2018
5 998

Shokoladning biz bilmagan xususiyatlari

Shokoladning biz bilmagan xususiyatlari
Yangi tadqiqot polifenollarga boy qora shokolad iste’mol qilishning xotirjamlik hamda mamnunlik hissini kuchaytirgan holda kayfiyatga ta’sir qilishi mumkinligini ko‘rsatdi. Klinik sinovni Avstraliyadagi Suinbern Texnologiya Universiteti olimlari o‘tkazishdi.

Olimlarni kakao polifenollarining 40-65 yoshli erkak va ayol ko‘ngillilarning kayfiyati va kognitiv vazifalariga qanday ta’sir ko‘rsatishi qiziqtirdi. 30 kun davomida ishtirokchilar polifenollar miqdori har xil (0 dan 500mg gacha) bo‘lgan shokoladli ichimlik iste’mol qilishdi. Natijada kognitiv vazifalarning yaxshilanishi kuzatilmadi. Ammo ishtirokchilarning kayfiyatlari yaxshi tomonga o‘zgardi. Har kuni tarkibida 500mg polifenol bo‘lgan shokoladli ichimlik ichganlar butun tadqiqot davomida o‘zlarini xotirjam va hayotdan mamnun his qilishgan.

Ishtirokchilar o‘zlarining kayfiyatlarini tajriba boshlanishidan oldin va ohirida maxsus shkala bo‘yicha o‘zlari baholashdi. Tadqiqotchilar bunday baholashni eng ishonchli usul deb hisoblab bo‘lmasligini tan olishadi.

Bundan tashqari, kayfiyatning ko‘tarilishiga aynan shokolad sabab bo‘lgan deyish va buning ketida qanday biologik mexanizm turganini ko‘rsatish qiyin. Ehtimol, ishtirokchilar ularga mamnunlik hissi beruvchi mahsulotni iste’mol qilishga ruhsat berganliklaridan o‘zlari baxtiyor sezishgandir.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Shokoladning biz bilmagan xususiyatlari