Yaponiya smartfon bozorida narxlar oshishi ikkilamchi savdoni kuchaytirmoqda

1 daqiqa o'qish192
Yaponiya smartfon bozorida narxlar oshishi ikkilamchi savdoni kuchaytirmoqda
QisqachaAI yordamida tayyorlanganKo‘rsatish
  • Yangi smartfonlar, ayniqsa, flagman qurilmalar narxining keskin qimmatlashuvi Yaponiyada isteʼmolchilarning xarid odatlarini oʻzgartirib, ikkilamchi bozorga yuzlanishiga sabab boʻlmoqda.
  • Masalan, bazaviy iPhone 18 Pro modeli 219 800 iyendan sotilmoqda, bu besh yil avvalgi iPhone 13 Pro narxidan deyarli 1,8 barobar qimmat.

Soʻnggi yillarda Yaponiyada yangi smartfonlar, xususan, flagman qurilmalar narxining keskin qimmatlashuvi isteʼmolchilarning xarid odatlarini tubdan oʻzgartirib yubordi. Kyodo News agentligi tarqatgan maʼlumotlarga koʻra, yangi avlod qurilmalarining narxi aholining daromadlariga nisbatan sezilarli darajada yuklamaga aylanmoqda. Bu holat yaponiyaliklarni oʻz gadjetlaridan foydalanish muddatini uzaytirishga hamda ikkilamchi bozorga yuzlanishga majbur qilmoqda. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.

Xususan, rasmiy chakana savdoda Apple kompaniyasining bazaviy iPhone 18 Pro modeli 219 800 iyendan sotilmoqda. Taqqoslash uchun, bundan besh yil muqaddam taqdim etilgan iPhone 13 Pro narxi deyarli 1,8 barobar arzon boʻlgan. Mutaxassislar narxlarning bunday oʻsishiga asosiy sabab sifatida zamonaviy xotira modullarining qimmatlashib ketganini koʻrsatishmoqda.

Isteʼmolchilarning yangi strategiyasi

Narxlarning koʻtarilishi fonida xaridorlarning xohish-istaklari ham oʻzgardi. Aholining bir qismi oʻzidagi mavjud smartfonlarni almashtirmasdan, ulardan imkon qadar uzoqroq foydalanishni maʼqul koʻrmoqda. Ikkinchi qism esa yangi qurilma sotib olish oʻrniga ikkilamchi bozordagi takliflarga eʼtibor qaratmoqda.

Mamlakatdagi yirik savdo maydonchalaridan biri boʻlgan Mercari maʼlumotlariga koʻra, har gal yangi avlod smartfonlari chiqishi bilan ishlatilgan iPhone modellariga boʻlgan qiziqish keskin ortadi. Masalan, 2025-yil oktabr oyida savdoga qoʻyilgan oldingi avlod modellari soni sentabr oyidagiga nisbatan qariyb besh barobar koʻpaygan. Bu esa ikkilamchi bozorning faollashuvidan dalolat beradi.

Bozorning rekord koʻrsatkichlari

MM Research Institute tahliliy markazi prognozlariga koʻra, Yaponiyada ishlatilgan smartfonlar bozori ketma-ket bir necha yildan beri oʻsish tendensiyasini saqlab qolmoqda. Xususan, 2025-moliya yilida mamlakatda 3,6 millionga yaqin ishlatilgan smartfon sotilishi kutilmoqda. Bu koʻrsatkich qatorasiga yettinchi marta rekord natija qayd etilishini anglatadi.

Mutaxassislar ushbu segment yaqin kelajakda ham jadal rivojlanishini taxmin qilishmoqda. Hisob-kitobitlarga koʻra, 2029-moliya yiliga borib mamlakatdagi ikkilamchi smartfonlar bozori hajmi 5 million dona qurilmaga yetishi mumkin.

MM Research Institute tahlilchilari yuzaga kelgan vaziyatni nafaqat nominal narxlarning oshishi, balki ularning aholi daromadlariga nisbati bilan ham izohlaydilar. Ularning hisob-kitoblariga koʻra, yaponiyalik isteʼmolchi uchun yangi smartfon xarid qilishdagi nisbiy moliyaviy yuklama amerikalik xaridorgagina nisbatan taxminan uch barobar yuqori ekanligini koʻrsatmoqda.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?