10:23 / 04.06.2018
8 095

Haftalik munajjimlar bashorati (4—10 iyun, 2018 yil)

Haftalik munajjimlar bashorati (4—10 iyun, 2018 yil)
Hamal
Siz uchun bu hafta sinovlarga boy bo‘ladi. O‘z kuch va bilimingizga ishonib, dadil harakat qilsangiz, barchasidan osongina o‘ta olasiz. Aks holda ziddiyatlarga duch kelishingiz mumkin. Moliyaviy holatingiz barqaror bo‘ladi. Juda muhim bo‘lmasa hamkorlar bilan tuziladigan shartnomani keyingi haftaga qoldiring. Dam olish kunlari tabiat bag‘riga sayrga chiqing.

Savr
Bu hafta siz uchun yorqin lahzalarga boy bo‘ladi. Taqdir tuhfalaridan boshingiz ko‘kka yetadi. Hamkasblaringiz takliflaringizni jon deb qo‘llab-quvvatlashadi. Rahbaringiz ham munosib e’tirof etadi. Natijada mo‘may daromadga ega bo‘lasiz. Ko‘pdan beri rejalashtirib yurgan xaridlaringizni amalga oshirasiz. Dam olish kunlari do‘stlar bilan uchrashib, maroqli hordiq chiqarasiz.

Javzo
Haftaning birinchi yarmida muhim shartnomalar imzolaysiz. Lekin undan darrov foyda kelishini kutmang. Biroz sabr qilsangiz, xohlaganingizdan ham yaxshiroq daromadga ega bo‘lasiz. Sizdagi tashabbuskorlik yon-atrofingizdagilarning e’tiborini jalb etadi. Yangi takliflar bo‘lishi mumkin. Ularni qabul qilishda «Yetti o‘lchab, bir kes» maqoliga amal qiling. Dam olish kunlarini oila davrasida o‘tkazing.

Saraton
Asosiy e’tiborni oilangizga qaratasiz. Mavjud muammolarning barchasi o‘z yechimini topadi. Moliyaviy jihatdan ham ahvolingiz ancha yaxshilanishi kutilmoqda. Ro‘zg‘or uchun muhim xaridlarni amalga oshirasiz. Bundan barcha oila a’zolaringiz xursand bo‘lishadi. Ishda ham yangi g‘oya va takliflar boshlig‘ingiz tomonidan ma’qullanadi. Yakshanba — yaqinlarni yo‘qlash uchun qulay fursat.

Asad
Biznes hamkorlar bilan ko‘pdan beri rejalashtirib yurilgan shartnomalarni imzolaysiz. Faqat shoshma-shosharlikka yo‘l qo‘ymang. Aks holda, ziddiyatli vaziyatlarga duch kelishingiz mumkin. Zarur bo‘lmasa, bu hafta xaridlar qilmay turganingiz ma’qul.
Ish bilan bo‘lib sog‘ligingizga bee’tibor bo‘lmang.

Sunbula
Biror ishni bajarishdan oldin yaxshilab o‘ylab ko‘ring. Har bir yumushni aniq reja asosida amalga oshirsangiz yutqazmaysiz. Ana shunda sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan ko‘ngilsizliklarning oldini olgan ham bo‘lasiz. Ishdaziddiyatlardan yiroq bo‘ling. Ortiqcha muammo kerak emas, sizga. Dam olish kunlari yaqinlaringiz holidan xabar oling. Balki ular sizning yordamingizga muhtojdir.

Mezon
Kasbiy mahoratni oshirish uchun qulay imkoniyatlar bo‘ladi. Yangi g‘oyalaringiz amaliyotga joriy etilishi mumkin. Atrofingizdagilar ham sizni qo‘llab-quvvatlashadi. Haftaning ikkinchi yarmida moliya ahvolingiz yaxshilanadi. Salomatligingiz bezovta qilyaptimi, kechiktirmay shifokor qabuliga boring. Uning aytganlarini o‘z vaqtida bajaring. Shanba — xaridlar uchun qulay kun. Dam olish kunlari do‘stlar bilan uchrashasiz.

Aqrab
«Aqrab»lar bu hafta boshi bilan ishga sho‘ng‘iydi. Yangi takliflarni o‘rganish, ularni amaliyotga joriy etish, shartnomalar imzolash — barchasida bosh-qosh bo‘lishadi. Ba’zi savollar sizni o‘ylantirib qo‘yishi mumkin. Bilmaganlaringizni so‘rashdan uyalmang. Rahbariyat ham mehnatingizni munosib rag‘batlantiradi. Pul borasida muammolarni unutasiz. Dam olish kunlarini farzandlaringiz bilan o‘tkazing.

Qavs
Hafta boshida oilaviy muammolarga yechim topasiz. Ishda ham berilgan topshiriqlarni a’lo darajada bajarasiz. Boshlig‘ingiz sizni qo‘llab-quvvatlaydi. Faqat bundan havolanib ketmang.

Boshi ochiq «qavs»lar orzusidagi muhabbatini uchratishi mumkin. Dam olish kunlari do‘stlaringiz bilan tabiat bag‘rida maroqli hordiq chiqarib, unutilmas taassurotlar bilan qaytasiz.

Jaddiy
Moddiy ahvolingiz sezilarli darajada yaxshilanadi. Biznes hamkorlar bilan shartnoma imzolashda ehtiyot bo‘ling. Shubhalansangiz, hech ikkilanmay ular taklifini rad eting. Ichki sezgingizga quloq soling. U sizni aldamaydi. Yaqinlaringiz bilan o‘zaro ziddiyatlarga duch kelishingiz mumkin. Hissiyotlarga erk bermang. Ana shunda ko‘ngilsizliklarning oldini olgan bo‘lasiz.

Dalv
Dalv burji sohiblari bu hafta tejamkor bo‘lishlari talab etiladi. Aks holda moliyaviy tomonlama qiynalib qolishlari mumkin. Hamkorlar bilan bitim tuzishda shoshilmang. O‘z imkoniyatingizdan kelib chiqib, yangi takliflarni qabul qiling. Ish bilan bo‘lib oilangizni unutib qo‘ymang. Dam olish kunlari farzandlaringiz bilan ko‘ngilochar maskanlarga boring.

Hut
Biznes hamkorlar bilan tuzgan shartnomalaringiz o‘z samarasini beradi. Moliyaviy ahvolingiz yaxshilanib, mo‘maygina daromadga ega bo‘lasiz. Bundan ruhlanib, yangi tashabbus bilan chiqasiz. Biroq ish tashvishlarini biroz ortga surib, o‘zingizga g‘amxo‘rlik qiling. Kosmetolog, sartarosh yoki dam olishga boring. Axir, yoz boshlandi!

Manba: Darakchi.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Haftalik munajjimlar bashorati (4—10 iyun, 2018 yil)