Ispaniya Chexiya ustidan 3:1 hisobida g‘alaba qozondi

1 daqiqa o'qish109
Ispaniya Chexiya ustidan 3:1 hisobida g‘alaba qozondi

Millatlar ligasi guruh bosqichida Ispaniya va Chexiya terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv Ispaniyaning 3:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi. Ispanlar uchrashuvni faol boshlab, 6-daqiqadayoq hisobni ochdi. Lamin Yamal o‘z nomini tabloga yozdirdi.

35-daqiqada Rodri Ispaniyaning ikkinchi golini urdi. Shu tariqa birinchi bo‘lim yakuniga kelib ispanlar 2:0 hisobida oldinda bordi.

Tanaffusdan keyin Chexiya hisobdagi farqni qisqartirdi. Irji Slama 69-daqiqada gol urib, jamoasiga o‘yinga qaytish imkoniyatini berdi.

Biroq 85-daqiqada Chexiya yana bir futbolchisidan ayrildi. Ladislav Kreychi qizil kartochka olgach, chexlar uchrashuvning qolgan qismini bir kishi kam bo‘lib o‘tkazdi.

Ispaniya 89-daqiqada yana gol urdi. Mikel Merino raqib darvozasini ishg‘ol qilib, jamoasining 3:1 hisobidagi g‘alabasini rasmiylashtirdi.

Statistika ham ispanlarning ustunligini ko‘rsatdi. Ispaniya 16 marta zarba bergan va 9 marta darvoza tomon aniq zarba yo‘llagan. Chexiya esa 4 ta zarbadan 3 tasini darvoza tomon yo‘llagan.

Ispaniya 63 foiz to‘pga egalik qilgan, Chexiyada bu ko‘rsatkich 37 foiz bo‘ldi. Ispanlar 742 ta pas amalga oshirib, 93 foiz aniqlikka erishgan. Chexiya futbolchilari 288 ta pas bergan va ularning 82 foizi aniq chiqqan.

Ispaniya 11 marta, Chexiya 13 marta qoida buzgan. Ispaniyada 1 ta sariq kartochka qayd etilgan bo‘lsa, Chexiya futbolchilari 5 ta sariq va 1 ta qizil kartochka oldi. Burchak zarbalari bo‘yicha esa Ispaniya 5:0 hisobida ustun bo‘ldi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?