Har bir kishida ishlash samaradorligi darajasi, ya’ni eng faol bo‘ladigan va sustlashib qoladigan vaqtlar har xil. Shunga qarab eng mas’uliyatli vazifalarni kunning faolligingiz yuqori bo‘lgan qismiga rejalashtirish maqsadga muvofiqdir.
1. Avval qiyini
Sizga yoqimsiz bo‘lgan ishlarni eng avval va tez qilib qo‘yishga harakat qiling.
2. Kunlik maqsadga ega bo‘ling
Har kuni ertalab kun davomida erishmoqchi bo‘lgan bironta maqsadni belgilang. Yo‘nalish hissiga ega bo‘lgach, butun kunni shu ishni bajarishga sarflaysiz.
3. «Maqsadchalar» qo‘ying
Masalan, ishingiz maqola yozishdan iborat bo‘lsa, ish stoliga o‘tirishdan oldin o‘z-o‘zingizga: "Beshta maqola yozmagunimcha o‘rnimdan turmayman!" – deng. Va bu maqsadga yetmaguncha to‘xtamang.
4. O‘xshash vazifalarni birga saralang
Elektron pochta bilan bog‘liq ishlarni bir vaqtda bajaring. Yana boshqa bir vaqtda barcha telefon qo‘ng‘iroqlarini amalga oshiring. Ishlaringizga bu tarzda yondashish ancha vaqtingizni tejaydi.
5. Pareto tamoyilini qo‘llang
Bu tamoyilga ko‘ra, siz bajarishingiz mumkin bo‘lgan ishlarning 20% i sizga 80% lik foyda keltiradi. Ya’ni ishingizdagi ba’zi vazifalar (odatda eng qiyin va yoqimsizlari) ishingizning asosiy qismini tashkil qiladi. Agar siz e’tiboringizni shu 20% ga qaratsangiz vaqtdan yutasiz.
6. Vaqtni chegaralang
Vazifaga kirishishdan avval o‘zingizga bu ishni bajarish uchun vaqt chegarasini belgilang. Bu kuch va vaqtingizni jamlab shu ishga yo‘naltirishda sizga katta yordam beradi.
Maqolada mashhur «muvaffaqiyat murabbiysi» (success coach) Stiven Pirs maslahatlaridan foydalanildi.
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda onkologik kasallikka chalingan ayollar bepul davolanadi
Bosh kiyimsiz yurishning organizmga qanday ta’siri bor?
Medvedev Rossiya NATO harbiy bazalariga zarba yo‘llashi mumkinligini istisno qilmadi
Endi «Doimiy yashash joyiga ro‘yxatga qo‘yish» qulaylashdi (video)
Slovakiya bosh vaziri Putinning taklifini qabul qildi
Organizmda qaysi turdagi vitamin yetishmayotganini qanday aniqlash mumkin?
Gretsiyada minglab odamlar NATOga qarshi namoyish o‘tkazdi
Erdo‘g‘on: “Turkiya G‘azo mojarosi tugamaguncha Falastinni qo‘llab-quvvatlaydi”