Palantir rahbari sunʼiy intellekt bozorini tanqid qildi

Palantir kompaniyasi bosh direktori Aleks Karp yetakchi sun'iy intellekt laboratoriyalarini korporativ mijozlar ma'lumotlariga egalik qilishga intilayotgani va bunday yondashuvda marksizm alomatlari borligi uchun tanqid qildi. Uning fikricha, yirik til modellari yaratuvchilari hamkorlarining ishlab chiqarish vositalarini o'zlashtirib, keyinchalik ularning o'ziga raqobatchi bo'lishi mumkin.
Palantir kompaniyasi bosh direktori Aleks Karp yetakchi sunʼiy intellekt laboratoriyalarining korporativ mijozlarga nisbatan yondashuvini keskin tanqid qilib, ularning harakatlarida marksizm alomatlari borligini bildirdi. ixbt.com maʼlumotiga koʻra, kompaniyaning navbatdagi moliyaviy hisobotidan soʻng eʼlon qilingan aksiyadorlarga yoʻllangan maktubda texnologiya bozoridagi monopolistiktendensiyalar va sunʼiy intellekt ishlab chiqaruvchilarining mijozlar maʼlumotlariga egalik qilish ambitsiyalari muhokama markazida boʻldi. Bu haqda Techcrunch.com xabar beradi.
Karp oʻzining ijtimoiy nazariya boʻyicha fan doktori darajasiga tayangan holda, yirik til modellari yaratuvchilarini sheriklarining ishlab chiqarish vositalarini oʻzlashtirishga urinishda aybladi. Uning soʻzlariga koʻra, bunday yondashuv zamonaviy kapitalizmda kutilmagan ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlarni keltirib chiqarishi va aslida marksistik sotsializm gʻoyalariga yaqinlashib qolishi mumkin.
Rekord daromad va bozor realqigi
Qattiq tanqidlarga qaramay, sunʼiy intellekt texnologiyalarining ommalashuvi Palantir uchun misli koʻrilmagan moliyaviy muvaffaqiyatlarni olib keldi. Kompaniya hisobot davrida 1,9 milliard dollar daromad koʻrib, oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 93 foizlik oʻsishni qayd etdi. Shuningdek, sof foyda 1,1 milliard dollarni tashkil etdi, bu esa birgina chorak davomida avvalgi yilning umumiy tushumidan ham koʻproq mablagʻ topilganini anglatadi.Moliyaviy tahlilchilar bilan boʻlib oʻtgan konferensiyada Aleks Karp oʻzining tanqidiy pozitsiyasini izohlab, mudofaa texnologiyalari sektori uchun xos boʻlgan yondashuvlarni ilgari surdi. Uning taʼkidlashicha, korxonalar oʻz intellektual mulki va tajribasini boshqa sunʼiy intellekt modellariga koʻchirish evaziga raqobatbardosh bizneslarni moliyalashtirmoqda, oxir-oqibat bu esa mijozlarning oʻziga ehtiyoj qolmasligiga olib kelishi mumkin.
Bozordagi mavjud vaziyat va xavotirlar faqatgina Palantir rahbariyati bilan cheklanib qolmaydi. Avvalroq Microsoft rahbari Satya Nadella ham shunga oʻxshash fikrlarni bildirib, yirik sunʼiy intellekt laboratoriyalarining hamkorlar bilan ishlash strategiyasidagi xatarlarga eʼtibor qaratgan edi. Koʻplab kompaniyalar Anthropic va OpenAI kabi startaplar bilan hamkorlik qilib, ularni moliyalashtirgan boʻlsa-da, oxir-oqibat mazkur labaratoriyalar dizayn, tibbiyot, huquqshunoslik va farmatsevtika kabi turli sohalarda aynan shu hamkorlarga raqobatchi boʻlgan mahsulotlarni bozorga chiqarmoqda.






























Izohlar 0
…