Honor Band 11 Pro taqdim etildi: 26 kunlik avtonomiya va GPS

Honor Band 11 Pro taqdim etilib, u 1,61 dyuymli ekran, o'rnatilgan GPS va bir quvvatlashda 26 kungacha ishlaydigan 400 mA·soatlik akkumulyator bilan jihozlandi. Qurilmaning korpusi alyuminiy qotishmasidan tayyorlangan, displeyining odatiy yorqinligi 700 nit, cho'qqi yorqinligi esa 2000 nitni tashkil etadi. Pro versiya Bluetooth orqali qo'ng'iroq qilish va NFC modulini qo'llab-quvvatlaydi.
Xitoyning taniqli texnologiya brendi Honor rasman oʻningchi avloddan keyingi yangi avlod fitnes-brasletlarini namoyish etdi. Honor Band 11 va Band 11 Pro modellari oʻz ichiga olgan yangi qator takomillashtirilgan OLED-displeylar, kengaytirilgan sport rejimlari va zamonaviy salomatlikni kuzatish funksiyalariga ega boʻldi. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.
ixbt.com maʼlumotiga koʻra, yangi qurilmalar oʻtgan avlodga nisbatan sezilarli darajada yaxshilangan avtonomiya va zamonaviy dizayn bilan ajralib turadi. Xususan, asosiy Honor Band 11 modeli 1,57 dyuymli, 60 Hz yangilanish chastotasiga ega va 256×402 pikselli OLED-ekran bilan jihozlangan boʻlib, u 2.5D egilgan shisha ostida joylashgan.
Texnik imkoniyatlar va asosiy model
Asosiy versiyaning korpusi mustahkamlangan polimer materialdan tayyorlangan boʻlib, uning qalinligi atigi 8,99 millimetrni, ogʻirligi esa 15,3 grammni tashkil etadi. Shuningdek, qurilma 5ATM darajasidagi suvdan himoya xususiyatiga ega boʻlib, bu suvda suzish imkonini beradi, biroq shoʻngʻish tavsiya etilmaydi.Qurilmaning sport rejimlar soni avvalgi 96 tadan 113 taga yetkazildi. 250 mA·soat sigʻimli akkumulyator esa oldingi avlodning 14 kunlik koʻrsatkichini 18 kungacha oshirish imkonini berdi. Salomatlikni monitoring qilish tizimiga yurak urish tezligini, qondagi kislorod miqdorini (SpO2), uyqu va stress darajasini uzluksiz oʻlchash funksiyalari kiritilgan.
Honor Band 11 Pro ustunliklari
Seriyaning ilgʻor vakili — Honor Band 11 Pro yanada yirikroq 1,61 dyuymli ekran bilan taʼminlandi. Displeyning odatdagi yorqinligi 700 nitni, choʻqqi yorqinligi esa 2000 nitni tashkil etadi. Pro-versiyaning korpusi alyuminiy qotishmasidan yasalgan.Ushbu modelga oʻrnatilgan kremniy-uglerod texnologiyasiga asoslangan 400 mA·soatlik akkumulyator bitta quvvatlashda 26 kungacha ishlay oladi. Bazaviy funksiyalardan tashqari, Pro versiya Bluetooth orqali qoʻngʻiroq qilish, NFC moduli hamda oʻrnatilgan GPS imkoniyatlarini qoʻllab-quvvatlaydi.
Hozircha Honor kompaniyasi ushbu yangi fitnes-brasletlarning xalqaro bozorga chiqarilish sanalari haqida rasmiy maʼlumot bermagan. Shunga qaramay, Xitoy bozorida narxlar va imkoniyatlar nisbati foydalanuvchilar eʼtiborini tortishga ulgurdi.






























Izohlar 0
…