22:59 / 22.08.2018
5 362

Amerika olimlari: “Shakar inson umrini uzaytiradi…”

Amerika olimlari: “Shakar inson umrini uzaytiradi…”
Amerika olimlari yaqinda xuddi shu masalada tadqiqot o‘tkazishdi. Tadqiqot natijalaridan shu narsa ma’lum bo‘ldiki, agar odam kuniga belgilangan me’yorda shakar iste’mol qilsa, inshoolloh umriga umr qo‘shiladi. Ammo me’yorni aslo buzmaslik zarur.

Aslida bu tadqiqotlar chorak asr oldin boshlab qo‘yilgandi. Shu muddat oralig‘ida mutaxassislar 15 ming nafarga yaqin ko‘ngillini nazoratda ushlashdi. Nihoyat yaqinda tadqiqotlarning so‘nggi bosqichi o‘tkazildi. Buning natijasida kuniga 600 dan 4200 kilokaloriyagacha shakar iste’mol qilinsa, umr shakar iste’mol qilmaydiganlarnikiga nisbatan 4 yilga uzayishi mumkinligi aniqlandi. Bu narsa shakar mahsuloti tarkibidagi uglevodlarning yurak qon-tomir faoliyatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi natijasida kuzatiladi.

Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Amerika olimlari: “Shakar inson umrini uzaytiradi…”