Nafs tarbiyasi eng hassos mavzulardan biri hisoblanadi. Bu mavzuda koʻplab olimlar, tariqat mashoyixlari soʻz yuritganlar, qator kitoblar va risolalar bitganlar.
Darhaqiqat, nafsga boʻysunmaslikda inson uchun juda koʻp yaxshiliklar, barakalar bor. Unga ergashish esa yomonliklarning poydevori hisoblanadi. Shu kungacha oʻtgan solih bandalar barcha yaxshiliklarning asosi nafsni tarbiya qilish, barcha yomonliklarning asosi esa unga tobe boʻlishda ekanligini taʼkidlaganlar.
Nafsiga ergashmay, uni tarbiyalagan kishi yutuqqa, muvaffaqiyatga yetishadi. Unga faqat gumroh kimsalargina ergashadilar.
“Haqiqatda, kim u (nafs)ni poklasa, yutuqqa erishadi”. (“Shams” surasi, 9 - oyat).
“...Oʻz havoi nafsiga ergashgan kishidan koʻra adashganroq kimsa bormi?!”. (“Qasos” surasi 50 - oyat).
Donishmand xalqimiz “Mening nafsim balodir. Oʻtdan choʻqqa solodir” deb ham bejiz aytmagan.
Ulamolar nafs istaklariga teskari harakat qilishni ibodatning boshi, deydilar.
Tarixda oʻtgan koʻplab allomalar, mashoyixlar, ruhiy tarbiya ulamolari nafslarini isloh etish bilan oliy martabalar, maqomlarga erishganlar.
Bir kishi havoda muallaq oʻtirgan odamni koʻrib, buning sababini soʻradi. U aytdi: “Men havoni tark qilgan edim, Alloh havoni boʻysundirib qoʻydi”. Yaʼni, ichimdagi nafsim istaklariga xilof qilgan edim, Alloh tashimdagi havoni xizmatimda qildi.
Mashoyixlar aytadi:
Nafsga xilof qilishning barakasi, taʼsiri har bir insonga garchi u Islom ahlidan boʻlmasa ham oʻtadi. Rivoyat qilinishicha, Misrda mukoshafa bilan mashhur boʻlgan rohib boʻlar edi. Uning bu holati musulmonlarni fitnaga solishidan qoʻrqqan bir olim zaharlangan pichoqni olib, rohibning uyiga bordi. U eshikni taqqillatgan edi, ichkaridan: “Hoy musulmonlar peshvosi! Pichoqni tashla”, degan ovoz eshtildi. Olim pichoqni tashlab, uy ichiga kirdi. Rohibga qarab: “Senda mukoshafa nuri qayerdan paydo boʻldi? Yoki musulmonmisan”, dedi. Rohib aytdi: “Ha, musulmon boʻldim”. Imom: “Bu qanday sodir boʻldi?”, dedi. U: “Nafsga xilof qilish bilan boʻldi. Nafsimga Islomni taklif qilgandim, u bosh tortdi. Men esa unga xilof qildim”, deb javob qaytardi.
Hoʻjaobod tuman “YETTI CHINOR” jome masjidi noibi-imomi
Muhammadquddus Abduhalimov
Muhammadquddus Abduhalimov
Manba: Azon.uz “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda onkologik kasallikka chalingan ayollar bepul davolanadi
Virus UFC ni dunyoga tanitdi
Rossiya Ukrainaning qator mintaqalariga raketalar bilan hujum qildi
Britaniyada 3 ta harbiy baza uzra UUA parvozi qayd etildi
"Paxtakor"ning o‘yini mutaxassis nigohida: "Menimcha, g‘alaba uchun emas, bir ochkoni saqlab qolish uchun o‘ynadi"
Shavkat Mirziyoyev: «Barcha ijro organlarini Yangi Toshkentga ko‘chiramiz»
Medvedev Rossiya NATO harbiy bazalariga zarba yo‘llashi mumkinligini istisno qilmadi
Asir: Ukraina askarlari otishni internetdagi videolar yordamida o‘rganishadi