Kasbida bemor hamshiraga shahvoniy shilqimlik qilgani uchun qamaldi

Kasbida bemor hamshiraga shahvoniy shilqimlik qilgani uchun qamaldi

Shu yilning 24 iyun kuni Qashqadaryo viloyati Kasbi tumanidagi “Maymanoq” mahallasida joylashgan poliklinikada bemor tomonidan hamshiraga nisbatan nomaqbul xatti-harakat sodir etilgan.

Ma’lum qilinishicha, 24 yoshli yigit muolaja qilish uchun xonasiga kirgan hamshiraga birga ovqatlanishni taklif qilgan. Hamshira bu taklifni rad etganidan so‘ng, u ayolning qo‘lidan ushlab tortgan va bo‘ynidan o‘pib, uning roziligisiz shahvoniy mazmundagi harakatlarni amalga oshirgan.

Mazkur holat yuzasidan tegishli tartibda ish ko‘rilib, voqea sudgacha yetib borgan. Sud jarayonida yigitning xatti-harakatlariga huquqiy baho berilib, unga ma’muriy jazo qo‘llanildi.

Sud qarori bilan yigit 5 sutkaga ma’muriy qamoqqa olingan.

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar