Lisa FIFA 2026 davomida eng ko‘p daromad topgan yulduzlar safidan joy oldi

Lisa FIFA 2026 davomida eng ko‘p daromad topgan yulduzlar safidan joy oldi

BLACKPINK guruhi a’zosi Lisa 2026 yilgi FIFA Jahon chempionati davomida eng ko‘p daromad topgan mashhurlar qatoridan o‘rin oldi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, xonanda musobaqa doirasidagi sahna chiqishlari hamda nufuzli xalqaro brendlar bilan amalga oshirgan reklama va hamkorlik loyihalari evaziga taxminan 12 million AQSH dollari daromad olgan.

Ushbu ko‘rsatkich Lisaning nafaqat K-pop olamida, balki moda, reklama va global ko‘ngilochar industriya vakillari orasida ham yuqori talabga ega yulduzlardan biriga aylanganini yana bir bor tasdiqlaydi.

So‘nggi yillarda xalqaro loyihalarda faol ishtirok etayotgan BLACKPINK a’zosi o‘zining mashhurligini tobora mustahkamlab, dunyoning eng nufuzli va eng ko‘p talab qilinadigan san’atkorlar qatoridagi o‘rnini saqlab qolmoqda.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar