Blogerga 1 mln obunachi uchun noodatiy sovg‘a berildi (foto)

Blogerga 1 mln obunachi uchun noodatiy sovg‘a berildi (foto)
Qisqacha

Bloger Madina Abduvohidovaning Instagram'dagi obunachilari soni 1 millionga yetgani munosabati bilan turmush o'rtog'i unga noodatiy sovg'a tayyorladi. Unga taqdim etilgan gul kompozitsiyasi odatiy buketlardan keskin farq qilib, ilon shaklida bezatilgani blogerni hayratda qoldirdi. Sovg'ani ko'rgan Madina nega aynan ilon ko'rinishi tanlanganiga qiziqib, turmush o'rtog'idan buning sababini so'radi.

Bloger Madina Abduvohidovaning Instagram'dagi obunachilari soni 1 millionga yetgani munosabati bilan turmush o‘rtog‘i unga noodatiy sovg‘a tayyorladi.

Blogerga taqdim etilgan gul kompozitsiyasi odatiy buketlardan keskin farq qiladi. U ilon shaklida bezatilgani Madinani ham hayratda qoldirdi. Sovg‘ani ko‘rgan bloger nega aynan ilon ko‘rinishi tanlanganiga qiziqib, turmush o‘rtog‘idan buning sababini so‘radi.

Qizil atirgullardan yasalgan kobra haykali yonida turgan ayol.

Ushbu lahzalarni aks ettirgan videoni sahifasiga joylashtirgan Madina o‘z hayratini qisqa, ammo ta’sirli tarzda ifodaladi:

“Vay, vasheeeee, bo‘ldi lekin”, — deya yozib qoldirdi bloger.

Noodatiy gul kompozitsiyasi hamda Madinaning reaksiyasi kuzatuvchilar e’tiborini tortib, videoga turli izohlar yozilmoqda.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar