Koʻpchilik ayollar uchun ozish asosiy muammoga aylangan. Biroq shunday vaziyatlar ham uchraydiki, organizmingizning oʻziga xos jihatlari tufayli vazn toʻplay olmaysiz. Aslida vazn tashlashdan koʻra uni toʻplash qiyinroq kechadi. Biroq quyida eʼtiboringizga havola etilgan koʻnikmalarni egallab, qisqa muddatda vazn toʻplashingiz mumkin.
1-qoida: Kaloriyalarni hisoblang
Koʻpchilik qizlarga koʻp ovqat yesa ham semirmayotgandek tuyuladi. Aslida esa bunday boʻlmaydi. Kaloriyalarni qatʼiy hisoblab borish bilan qancha isteʼmol qilayotganingizni bilib olishingiz mumkin.
Agar kaloriya yetarli emasligi aniqlansa (oʻrtacha boʻy uchun 2000 kaloriyadan kamroq), shunchaki koʻproq yeyish kerak. Aynan nimalarni isteʼmol qilish kerak?
2-qoida: Super-mahsulotlarni tanlang
Koʻpchilik shirin va kaloriyasi yuqori mahsulotlarni isteʼmol qilishni oʻziga ruxsat bera olmasa, siz bu masalada erkinsiz. Menyu yuqori kaloriyali mahsulotlarni oʻz ichiga olishi kerak. Biroq bu kartoshka fri va biskvit tortga ruju qoʻyishni anglatmaydi.
Yogʻli goʻsht, tuxum va sutli mahsulotlar ham xolesterin manbasi ekanligini unutmang. Ortiqcha xolesterin esa yurak-qon tomir tizimi xastaliklariga olib keladi. Ortiqcha shakar esa teri holati, tishlar va sogʻlik uchun salbiy taʼsir qiladi.
Xoʻsh unda qanday yoʻl tutish lozim?
Bir vaqtning oʻzida ham kaloriyali ham foydali super-mahsulotlarni isteʼmol qiling. Bu — yongʻoq, pista, baliqning yogʻli turlari, avokado; shuningdek, asal, xurmo, banan, kunjut va yongʻoqli konfetlar ham foydali sanaladi.
Agar kaloriya yetarli boʻlsa ham vazn toʻplay olmayotgan boʻlsangiz, demak sizda moddalar almashinuvi juda tez amalga oshadi. Bunday holatda qancha yesangiz ham vazn toʻplay olmaysiz. Bunda boshqa usullar ish beradi.
3-qoida: Mashqlar yordamida press mushaklarni rivojlantirish
Press mushaklarni rivojlantirishga mashqlar va oqsilga boy ratsion yordam beradi. Mashgʻulotlardan soʻng vaznning har bir kilogrami uchun 0,5 gramm oqsil va 0,5 gramm uglevod isteʼmol qilish kerak boʻladi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Bosh kiyimsiz yurishning organizmga qanday ta’siri bor?
O‘zbekistonda onkologik kasallikka chalingan ayollar bepul davolanadi
Endi «Doimiy yashash joyiga ro‘yxatga qo‘yish» qulaylashdi (video)
Medvedev Rossiya NATO harbiy bazalariga zarba yo‘llashi mumkinligini istisno qilmadi
Gretsiyada minglab odamlar NATOga qarshi namoyish o‘tkazdi
Organizmda qaysi turdagi vitamin yetishmayotganini qanday aniqlash mumkin?
Erdo‘g‘on: “Turkiya G‘azo mojarosi tugamaguncha Falastinni qo‘llab-quvvatlaydi”
Slovakiya bosh vaziri Putinning taklifini qabul qildi