00:33 / 14.09.2018
6 074

Munajjimlar bashorati: 14 sentyabr kuni yulduzlar sizga nimalarni vaʼda qilmoqda?

Munajjimlar bashorati: 14 sentyabr kuni yulduzlar sizga nimalarni vaʼda qilmoqda?
QOʻY (21. 03 — 20. 04)

Atrofdagilarga ishongan holda harakatlar sodir eting. Sirlashsangiz, hasratlashsangiz ham ziyon boʻlmaydi. Ishdagi yutuqlar, muvaffaqiyatlar haqida birovlarga aslo maqtana koʻrmang. Shaxsiy hayotda oiladagilar bilan oqibatli boʻling, iloji boricha shirin umr kechirishga intiling. Basharti juftingiz bilan janjallashib qolsangiz, yon bering. Yetakchi boʻlishga urinmang. Jismoniy zoʻriqishlardan saqlaning.

BUZOQ (21. 04 — 21. 05)

14 sentyabrda asosiy vaqtingiz, kuch imkoniyatlaringizni shaxsiy hayotdagi muammolarga sarflang. Kun davomida yechimini kutib yotgan muammolar yetarli boʻladi. Ularning barchasini puxta reja asosida bartaraf etsangiz, oshigʻingiz olchi boʻladi. Atrofdagilar bilan muloyim munosabatda boʻling. Salomatlikni asrang. Kechqurun olis safarga otlanishingiz mumkin edi. Ammo qoʻshnilardan birining juda zarur yumushi sabab boʻlib safar ortga surilishi ehtimolga yaqin.

EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)

Yulduzlarning bashorat qilishlaricha, kuningiz xuddi jang maydonini eslatib yuboradi. Chopasiz, kimlar bilandir bahslashasiz, yelib-yugurasiz. Ammo bu harakatlarning mevasini kechqurun albatta olasiz. Ish joyingizda faollikni qoʻldan bermasangiz, gʻalaba-yu, hurmat-eʼtibor sizniki boʻladi. Bugun sport bilan shugʻullanish muvaffaqiyatli kechadi. Agar shaxsiy mashinangiz boʻlsa, darhol garajga qoʻying-da, velosipedga oʻtiring. Bu sogʻliq uchun koni foyda.

QISQICHBAQA (22. 06 — 23. 07)

14 sentyabr kuni hech kim tushunmasligidan ranjiysiz, shikoyat qilasiz. Yoʻq, ranjishlarga yon beraversangiz, tirikchilikka putur yetib qolishi mumkin. Koʻngilni keng qiling, xotirjam torting. Qoʻshimcha daromad keltiradigan ish topsangiz ham ziyon qilmaydi. Reklama sohasida ishlaydiganlarning omadi keladi. Daromad masalasida sizga yetadigani boʻlmaydi. Oʻzingizni ehtiyot qiling. Salomatligingizni nazoratda ushlang.

ARSLON (24. 07 — 23. 08)

Anchadan beri yaqin doʻst boʻlib qolgan inson sizga kutilmagan sovgʻa taqdim etishi kutiladi. Bundan azbaroyi xursand boʻlganingizdan qalbingiz junbushga kelsa ne ajab. Hayotdan ilhom olib togʻni ursangiz, tolqon qilar darajaga yetasiz. Muhabbatda ham sizni faqat quvonchli lahzalar kutib qoladi. Oila qurmaganlarning ayrimlarini romantik uchrashuvga taklif etishadi. Qalbingizda garmoniya hukm suradi. Kechqurun xudoga shukr qilib, oilangiz davrasida vaqt oʻtkazing.

PARIZOD (24. 08 — 23. 09)

14 sentyabrda ish deganining oʻzi koʻp. Lekin ularning barchasini faqat oʻz kuch va imkoniyatlaringizga suyangan holda ado etishingiz tavsiya qilinadi. Tadbirkor boʻlsangiz, shubhali loyihalardan nari boʻling. Aks holda inqirozga yuz tutishingiz hech gap emas. Moliyaviy muammolarni bartaraf etishda standartlardan chekinmang. Oldinga intiling. Shunda roʻzgʻoringizda toʻkin-sochinlik hukm suradi. Kechqurun baʼzi doʻstlarimizning xonadonida chaqaloq yigʻisi jaranglashi ehtimoldan xoli emas.

TAROZI (24. 09 — 23. 10)

Kuningiz tasodiflarga boy boʻladi. Ularsiz hayotingizga mazmun ham kirmasdi. Xudo sizning gʻamingizni yegan koʻrinadi. Shunday ekan, astoydil yeng shimargan holda ishga kirishing. Doʻppi tor kelgan pallalarda doʻstlarni yordamga chaqiring. Kechqurun sportning xavfli turlari bilan shugʻullanishingiz aslo mumkin emas. Kechqurun erta uxlashga yoting. Tushlaringiz totli kechadi. Gʻiybatlarga eʼtiborsiz boʻling.

CHAYON (24. 10 — 22. 11)

14 sentyabrda uydagilaringiz kallai saharlab kayfiyatingizni buzishi, qayoqdagi ayblarni toʻnkab asabingizni izdan chiqarishi mumkin. Hayotda nimalar boʻlmaydi deysiz. Har doim tarozining pallasini baravar ushlab turib boʻlmaydi. Ayrim hodisalar, vaziyatlarga barmoq orasidangina qarashga harakat qiling. Ish bajarishda, pul topishda qalbingizga quloq tutavering. Qon-qardoshlarga nisbatan iliq munosabatda boʻling. Aslo kamlik koʻrmaysiz!

OʻQOTAR (23. 11 — 21. 12)

Yulduzlar atrofingizdagilarni ranjitmaslikka chaqirib qolishadi. Bu qaytar dunyo ekanini aslo unutmang. Agar muhim hujjatlarga imzo qoʻyish zarurati tugʻilsa, sergaklikni qoʻldan bermang. Xatoga yoʻl qoʻysangiz, boshingiz balodan chiqmay qolishini yoddan chiqarmang. Muhabbatda juftingiz, yoki boʻlgʻusi juftingiz sizga boqqanda oʻzini koʻrishi muqarrarligini taʼminlang. Shunda baxtingiz toʻkis boʻladi.

TOGʻ ECHKISI (22. 12 — 20. 01)

14 sentyabr kuni juftingiz, boʻlgʻusi juftingiz bilan orangizdagi munosabatlarda garmoniya tomon intilishingiz tavsiya qilinadi. Garmoniya mavjud boʻlsa, demak, munosabatlar koʻngildagidek kechadi. Moddiy ahvolingizni yaxshilashda badavlat tanishlardan biri yordam qoʻlini choʻzishi mumkin. Bu inson sizni shu qadar hurmat qiladiki, unga har qanday vaziyatda ishonsangiz, suyansangiz boʻladi. U sizni hech qachon dar qoʻymaydi. Salomatligingizni asrang.

QOVGʻA (21. 01 — 19. 02)

Yulduzlar kun davomida tez-tez koʻzguga boqishingizni maslahat berishadi. Bu oʻzingizni unutib qoʻymasligingizda asqotadi. Moddiy ahvolingiz bugun risoladagidek kechadi. Bemalol doʻkon aylanib, oʻzingizga yoqqan buyumlarni, kiyimlarni xarid qilishingiz mumkin. Kunning ikkinchi yarmida uydagilar bilan orangizda janjal yuzaga kelishi kutiladi. Sukut yordamidagina bu janjalga barham bera olasiz.

BALIQ (20. 02 — 20. 03)

14 sentyabrda sizga koʻproq qatʼiyatlilik zarur boʻladi. Chunki ikkilanishlar, shubha-gumonlar muammoni hal etib bera olmaydi. Kunning ikkinchi yarmida bajarilgan ishlar oʻz natijalarini bera boshlaydi. Baʼzilar oshqozon, bosh va oyoq ogʻrishidan bezovtalanishlari mumkin. Ruhiy yetuklikka yetishingiz uchun yoga va suzish mashqlarini bajarishingiz kerak boʻladi.

Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Munajjimlar bashorati: 14 sentyabr kuni yulduzlar sizga nimalarni vaʼda qilmoqda?