Har qanday kasallik sababi ichki notinchlik, yomon his-tuygʻular va barcha salbiy emotsiyalardir. shuning uchun faqat yaxshi narsalarni oʻylang va yomonliklarga eʼtibor bermaslikka xarakat qiling, asablaringizni asrang, axir eng muhimi salomat boʻlishku, toʻgʻrimi, sogʻlik boʻlsa qolgan barcha narsa topiladi.
BURUN KASALLIKLARI:
Xafagarchilik, oʻzini ahamiyatsizdek his qilish. Eʼtiborga va yordamga muhtoj insonlar burun bilan bogʻliq kasalliklarga koʻproq chalinishadi.
JIGAR KASALLIKLARI:
Ichki jahl, eski xafagarchiliklarni eslab yurish, yaqinlaridan koʻplab ayblovlar, noroziliklar eshitadigan insonlar jigar xastaliklari bilan kasallanishadi.
OSHQOZON KASALLIKLARI:
Qoʻrquv, erkinlikning yoʻqligi, tinimsiz kimningdir qaramogʻida boʻlish, xohlamagan ishini majburan bajarish insonlarni oshqozon xastaliklari bilan kasallanishiga olib keladi.
TIZZA BOʻGʻIMLARI KASALLIKLARI (artrit):
Yaqinlari mehr – muhabbati yetishmovchiligi, oʻzini oʻzi kuchli tanqid qilish, aybdorlik hissi, yaroqsiz boʻlish, sodir boʻladigan voqealardan qoʻrqib yashaydigan insonlar tizza bilan bogʻliq kasalliklarga chalinishadi.
TЕRI KASALLIKLARI:
(Neyrodermitlar) Jismoniy yaqinlikka xohish yoʻqligi, (husnbuzarlar) — oʻz meniga nisbatan jahl teri bilan bogʻliq kasalliklarni keltirib chiqaradi.
BOSH OGʻRIQLARI:
Oʻzini oʻzi tinmay tanqid qilish, ishdan va oʻqishdan koʻngil toʻlmaslik bosh bilan bogʻliq kasalliklarni keltirib chiqaradi.
YELKA KASALLIKLARI:
Emotsional qoʻllab-quvvatlash yetishmovchiligi, aybdorlik hissi taʼqib qilishi, pulning surunkali yoʻqligi yelka bilan bogʻliq kasalliklarni keltirib chiqaradi.
OʻPKA KASALLIKLARI:
Zerikish, oʻz meniga nisbatan jahl, koʻngil qolish, umidsizlik, omadsizlik oʻpka kasalliklarini keltirib chiqaradi.
ONKOLOGIK KASALLIKLAR:
Har bir qilgan xatolari uchun tinmay oʻzini ayblash, afsus – nadomat chekish, ichki boʻshliq va yolgʻizlikni his qilish onkologik kasalliklarni keltirib chiqaradi.
SUYAK KASALLIKLARI VA VARIKOZ:
Atrofni oʻrab turgan muhit oʻzgarishlariga xamohang oʻzgarishni xohlamaslik.
Manba: Hordiq.uz “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Bosh kiyimsiz yurishning organizmga qanday ta’siri bor?
Erdo‘g‘on: “Turkiya G‘azo mojarosi tugamaguncha Falastinni qo‘llab-quvvatlaydi”
Medvedev Rossiya NATO harbiy bazalariga zarba yo‘llashi mumkinligini istisno qilmadi
O‘zbekistonda onkologik kasallikka chalingan ayollar bepul davolanadi
Organizmda qaysi turdagi vitamin yetishmayotganini qanday aniqlash mumkin?
Endi «Doimiy yashash joyiga ro‘yxatga qo‘yish» qulaylashdi (video)
Gretsiyada minglab odamlar NATOga qarshi namoyish o‘tkazdi
Slovakiya bosh vaziri Putinning taklifini qabul qildi