17:31 / 04.10.2018
8 269

Gulnora va Lola Karimovaning orasidan “olamushuk oʻtganiga” qariyb 17 yil boʻlgan...

Гулнора ва Лола Каримованинг орасидан "оламушук ўтганига" қарийб 17 йил бўлган...
Karimovlar oilasi bugun butun dunyo eʼtibor markazida boʻlib turibdi. Oʻzbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimovning ikki qizi bor. Oilaning toʻngʻichi Gulnora Karimovaning faoliyatiga nuqta qoʻyilib, koʻzdan yiroqlashganiga hademay 5 yil toʻladi. Lola Karimova-Tillyayeva esa Islom Karimovning vafotidan soʻng AQSHda istiqomat qilyapti. U YUNЕSKOdagi elchilik lavozimidan ketdi, Gimnastika federatsiyasi prezidentligini ham boshqa birovga topshirdi.

Opa-singillarning oʻzaro munosabatiga qiziqish bugun har qachongidan ham ortgan. Gulnora Karimovaning qizi Imon Karimova xolasi bilan munosabatlar umuman yoʻqligini ochiq-oydin oshkor etdi.

Lola Karimova Tillayevaning 2013 yil xalqaro OAVga bergan intervyusiga asoslanib, oʻsha vaqtlarda ham Lola Karimova opasi bilan munosabatlari yaxshi emasligini tan olgan deb yozadi “Hordiq” nashri.

“Opangiz bilan munosabatlaringiz qanday? Hayotda yoki biznesda raqobatlashasizlarmi?”, degan savolga Karimova-Tillyayeva quyidagicha javob bergan:

“Mavjud boʻlmagan munosabatlarni tasvirlab berish qiyin. Men va opam bir-birimiz bilan 12 yildan ortiqki muloqot qilmaymiz. Buni hech qachon yashirmaganmiz, va bundan koʻplar xabardor. Koʻp yillardan beri hech qanday aloqamiz yoʻq. Oramizda na oilaviy, na doʻstona aloqalar bor. Savol soʻrashingizdan oldin aytmoqchimanki, oilaviy marosimlarda ham koʻrishmaymiz.

Biz mutlaqo boshqa-boshqa odamlarmiz. Har qanday yaxshi munosabatlar boʻlishi uchun dunyoqarashlardagi oʻxshashlik yoki xarakterlarning oʻxshashligi, yoki bir xil qiziqishlar va odatlar mavjud boʻlishi zarur. Ikki insonning qarashlarida qandaydir yaqinlik boʻlishi kerak, lekin bizning oʻrtamizdagi munosabatlarda bu hech qachon boʻlmagan. Biz mutlaqo farqli shaxslarmiz va eslaymanki, bolaligimizdan buyon shunday boʻlganmiz. Oʻzingiz tushunasiz, bunday farqlar yillar oʻtib faqat chuqurlashib boradi”.

Agar vaziyat 2013 yildagidek saqlanib qolgan boʻlsa, Gulnora va Lola Karimovalar 17 yildan buyon aloqa qilmaydi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Gulnora va Lola Karimovaning orasidan “olamushuk oʻtganiga” qariyb 17 yil boʻlgan...