01:09 / 06.10.2018
6 009

Munajjimlar bashorati: 6 oktyabr kuni yulduzlar sizga nimalarni vaʼda qilmoqda?

Munajjimlar bashorati: 6 oktyabr kuni yulduzlar sizga nimalarni vaʼda qilmoqda?
QOʻY (21. 03 — 20. 04)

Bugun xudo xohlasa omad va cheksiz kuch, imkoniyatlar faqat sizning tarafingizda boʻladi. Tadbirkor boʻlsangiz-u, raqobatchilarni dogʻda qoldiradigan ish tuta olsangiz, daromadning eng kattasi oʻzingizda boʻladi. Tijoratchilar oʻta yuqori choʻqqilarni orzulashdan tiyilsalar, daromad masalasida sira qiyinchilik koʻrmaydilar. Demak, yirik xaridlarni qoʻrqmasdan amalga oshiraversangiz boʻladi. Kechqurun iloji boricha velosiped sayrini tashkil eting.

BUZOQ (21. 04 — 21. 05)

6 oktyabrda ishxonangizda oʻzingizda bor isteʼdodni tashkil etgan holda vazifangizni ado etishingiz tavsiya etiladi. Kunning ikkinchi yarmida moʻmay daromadni kutavering. Oilangizdagi turli muammolar juftingiz bilan orangizdagi munosabatlarga putur yetkazish xavfi bor. Siz bu janjalning kelib chiqmasligi uchun bor imkoniyatingizni ishga solasiz. Nasib boʻlsa, bu harakatlaringiz oʻz natijasini berib, yaqinlaringiz bilan orangizda ahillik hukm sura boshlaydi.

EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)

Bugun atrofdagilar, ayniqsa, oʻzingiz yoqtirmaydiganlar bilan ham iliq munosabatda boʻlishingiz, ularga nisbatan agresssiv munosabatlardan voz kechishingiz tavsiya qilinadi. Shunday yoʻlini topingki, u kimsalarning ogʻzi lang ochilib qolsin. Moliyaviy muammolarni ijobiy hal etish yoʻlida radikal usullardan foydalanishingiz shart. Oʻz pullaringizni oʻzingizda saqlang. Ammo birovlarnikini ularning oʻziga qaytaring.

QISQICHBAQA (22. 06 — 23. 07)

6 oktyabr kuni vujudingizda yigʻilib qolgan iliqlik, aʼlo kayfiyat xuddi favvora kabi borligʻingizni qurshab oladi. Shubhasiz, bu ish va shaxsiy hayotingizga ham faqat ijobiy taʼsir koʻrsatadi. Tasavvuringizda baxt deganlari uyingizga abadiy oʻrnashib qolgandek tuyula boshlaydi. Qaniydi shunday boʻlsa. Ortingizdan gʻiybatlar, mish-mishlar taʼqib etayotganini payqasangiz, indamang. Sukut saqlang. Hasadgoʻylar ich-etini yeb bitirmaguncha tinchiy olmaydi. Sizga esa xudo beraveradi. Xudoyimga beadad shukr!

ARSLON (24. 07 — 23. 08)

Kuningiz ancha ogʻir kechadi. Yaxshilik va yomonlik baravar yoningizda yurishi ham ehtimoldan xoli emas. Kimlargadir yaxshilik qilgangiz keladi. Ammo ular oʻzini negadir eʼtiborsizdek tuta boshlashadi. Ish joyingizda bor qobiliyatingizni ishga solgan holda ishga kirishing. Haqiqiy professionalligingizni barchaga koʻrsatib qoʻying. Kechqurun biroz mazangiz boʻlmasligi kuzatiladi. Tezda buning chorasini koʻrishingiz lozim.

PARIZOD (24. 08 — 23. 09)

6 oktyabrda eng jiddiy toʻsiqlarni ham osonlik bilan yeta olasiz. Ana shunda kim sizga xalal beradi-yu, kim aksincha yordamga shoshiladi, bu haqiqatni oʻz koʻzingiz bilan koʻrasiz. Sizga qoʻshimcha yangi ish taklif qilsalar inkor etishga shoshilmang. Chunki bu ishga katta pul tikish kerak boʻladi. Shundagina kutilgan natijani beradi. Kechqurun ayrimlar olis safarga otlanishlari kutiladi. Safarda juda ehtiyot boʻlishingiz tavsiya qilinadi.

TAROZI (24. 09 — 23. 10)

Kuningiz oʻta zerikarli va bir xilliklardan iborat boʻladi. Rahbarlar, hamkasblarning hadeganda nooʻrin tanqid qilishlari joningizga tegishi mumkin. Hatto, ishdan boʻshab ketish haqida ham oʻylab qolishingiz hech gap emas. Baʼzilar ishxonada hamkasblar bilan romantik lahzalarga zoʻr bera boshlashi kutiladi. Lekin bu munosabatlar uzoq davom etmaydi. Buni oʻzingiz ham boshida yaxshi anglab turgandingiz. Salomatligingizni ehtiyot qiling. Asablarni asrang.

CHAYON (24. 10 — 22. 11)

6 oktyabr kuni qon-qardoshlarning muammolarini hal etib berish uchun ancha-muncha pul sarflashingiz kutilmoqda. Bundan tashqari, yangi tanishuvlarni boshdan kechirishingiz ham ehtimoldan xoli emas. Tadbirkorlar uchun bugungi foydali kelishuvlar, shartnomalarni imzolash, safarlar muvaffaqiyatli kechadi. Kunning ikkinchi yarmida xonadoningizga mehmonlar tashrif buyurishi mumkin. Tayyor turing.

OʻQOTAR (23. 11 — 21. 12)

Bugungi kuningiz foydali kechadi. Hamkasblar, tadbirkor uchun hamkorlar bilan boʻlib oʻtadigan bahslar va mayda-chuyda koʻngilsizliklar sizning foydangizga hal boʻladi. Shunday ekan, tadbirkorlar tez muddat ichida yangi ish ochaverishlari mumkin. Agar rashk balosini koʻnglingizdan haydab solsangiz, muhabbatda ham albatta muvaffaqiyatga erishasiz. Kechqurun ayrimlarning boshi, oyoqlari ogʻrib azob berishi kutiladi.

TOGʻ ECHKISI (22. 12 — 20. 01)

6 oktyabrda astoydil oldinga intilishingiz pul mukofoti bilan taqdirlanadi. Rahbarlar jami hamkasblar qarshisida sizni maqtab oʻtadi. Halol ishlab topilgan pullarni nafaqat roʻzgʻorga, balki tashqi koʻrinishingizni yaxshilashga ham sarflashingiz mumkin. Agar ham ichki, ham tashqi tarafdan goʻzal boʻlsangiz, omadingiz sizni hech qachon tark etmagan boʻlardi. Kechqurun ancha vaqt piyoda sayr qiling. Vitaminlarni koʻproq isteʼmol qiling.

QOVGʻA (21. 01 — 19. 02)

Kuningiz muvaffaqiyatlardan, yoqimli lahzalardan iborat boʻlishi kutiladi. Moddiy manfaat ham foizi bilan kelib qoʻlingizga qoʻnadi. Hoynahoy, esingizdan chiqib ketgan qarzlarni qaytarishsa kerak. Sevimli insoningiz bilan orangizda bahs yuzaga keladi. Bu bahsda siz yon berishingiz kerak boʻladi. Kechqurun ayrim doʻstlarimiz gripp va anginaga duch kelishlari, shuning dastidan oʻzlarini yomon his etishlari haqiqatga yaqin. Darhol vrach chaqirtirmasangiz boʻlmaydi shekilli.

BALIQ (20. 02 — 20. 03)

6 oktyabr kuni oʻzingizga qattiq ishongan holda harakatlar sodir etishni boshlang. Shunda atrofdagilar bilan munosabatlarda ham muammo boʻlmaydi. Hayotga pozitiv nazar bilan boqishga xalal beruvchi toʻsiqlarni itqitib tashlang. Aqliy mehnat kishilari bugun kunning yarmida har qanday muhim ishdan voz kechib tabiat qoʻynida dam olishlari kerak. Aks holda salomatligingiz yomonlashuvi turgan gap. Sportning faol turlari bilan shugʻullanishni boshlang. Bu ham sizga har jihatdan katta yordam beradi.

Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Munajjimlar bashorati: 6 oktyabr kuni yulduzlar sizga nimalarni vaʼda qilmoqda?