13:26 / 26.11.2018
3 860

Onaga yaxshilik qilishning 150 usuli (14-qism)

Onaga yaxshilik qilishning 150 usuli (14-qism)
121. Onamiz bolaliklarida yoki turmushlarining avvalida yashagan joylari. Bular haqida fikr yuritib ko‘rdikmi? Ularning bu go‘zal lahzalarini yodlariga solish xayolimizga keldimi? Agar buni amalga oshirsak, onamizning bolalik va yoshlik chog‘lariga qaytishlari uchun eng ajoyib qadamni tashlagan bo‘lamiz.

122. Aka-ukalarimizga onaga yaxshilik qilish fazilatlarini o‘rgatishimiz, ularni onani baxtli qilish uchun o‘zaro musobaqalashishga qiziqtirishimiz kerak, ularni ushbu fazilatlar bilan bezanishiga haris bo‘laylik.

123. Ota-onangiz bir-birlaridan ajrashadigan bo‘lishsa, yomon ko‘rganingiz uchun ularning birlaridan yuz o‘girmang.

124. Oilada ba’zi oilaviy muammolar uchraganda, «kema»ni saqlab qolish uchun unga diplomatik yechim toping.

125. Agar onangiz otangizdan boshqa erkak bilan oila qursalar, o‘gay otangizni hurmat qiling, unga yaxshi muomalada bo‘ling va turli munosabatlar bilan unga sovg‘alar ulashing. Bu onangizning qalblarini xotirjam qiladi.

126. Agar onangiz otangizdan boshqa kishiga turmushga chiqadigan bo‘lsa, o‘gay otangizni hurmatini joyiga qo‘ying, ishlaringizda u bilan maslahat qiling va nasihatini oling.

127. Onangizni e’zozlagan kishilar bilan telefon orqali bog‘lanib turing va ularga yaqinlari bilan aloqa qilishga sharoit yaratib bering.

128. Onangiz qarilikdan zaif hol bo‘lib qolganlarini nazardan qochirmang. Qo‘llaridan ushlang, yo‘llarida yetaklab yuring, hojatlarini ravo qiling, u kishining haqlarida kamchilikka yo‘l qo‘ymang.

129. Agar biror ishda onangiz bilan fikringiz ayri bo‘lsa, o‘z fikringizda turib olmang. Xato bo‘lsa ham, ularning barcha fikrlarini qabul qiling. Alloh taologa ma’siyat bo‘ladigan o‘rinlar bundan mustasno. Agar shunday bo‘ladigan bo‘lsa (ya’ni onangiz Alloh taologa ma’siyat bo‘ladigan ish ustida bo‘lsalar), o‘z fikringizni ularning adashib chiqargan qarorlari noto‘g‘ri ekanini tushuntirish yo‘li bilan bildiring.

130. Agar onangiz biror jurnalni kuzatib borsalar, ularni sovg‘a sifatida o‘zlariga munosib jurnalga obuna qilib qo‘ying.

Davomi bor...
Sulaymon Soqir
"Onaga yaxshilik qilishning 150 yo‘li" kitobi
Abdulloh Rahimboyev tarjimasi

Manba: Azon.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Onaga yaxshilik qilishning 150 usuli (14-qism)