20:53 / 27.12.2018
3 567

Olimlar Yangi yil bayramini kutib olish arafasida miyadagi o‘zgarishlarni o‘rganishdi

Olimlar Yangi yil bayramini kutib olish arafasida miyadagi o‘zgarishlarni o‘rganishdi
Daniyadagi Kopengagen universiteti olimlari Yangi yil bayramida miya faoliyati qanday bo‘lishini o‘rgandilar. Tashxisda ko‘ngillilar ishtirok etgan bo‘lib, unda miya funksional MRT yordamida o‘rganilgan.

Olimlar dastlab kuchli bosh og‘rig‘i paytida miya Yangi yil bayramiga qanday reaksiya qilishini o‘rganishdi. Bunda ishtirokchilarga Yangi yil bayramini aks ettiruvchi turli suratlar ko‘rsatilgan. Bu vaqtda ularning miyasi funksional MRT yordamida skaner qilingan. So‘ng ular Yangi yil bayramlariga o‘z munosabatlari so‘ralgan savollar yozilgan so‘rovnomani yozishlari kerak bo‘lgan.

Tekshiruv va so‘rovnoma natijalarini o‘rganib chiqqan olimlar bu bayramga ijobiy munosabatda bo‘lgan ishtirokchilar miyasining bir necha qismlarida qon aylanishi yaxshilanganini aniqlaganlar. Bu bayramni nishonlamaydigan va unga neytral munosabatda bo‘lgan ishtirokchilarda esa hech qanday o‘zgarishlar kuzatilmagan.





arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Olimlar Yangi yil bayramini kutib olish arafasida miyadagi o‘zgarishlarni o‘rganishdi