19:40 / 28.12.2018
10 759

2019 yil Sizga nimalarni va’da qilmoqda?

2019 yil Sizga nimalarni va’da qilmoqda?
ARSLON (24. 07 — 23. 08)

UMUMIY TA’RIF
2019 yil boshidanoq arslon burji ostida tavallud topganlar nafaqat yaqinlari, balki boshqa insonlarning ham diqqat markazida bo‘lishadi. Ayrim do‘stlarimiz yil davomida yuqori lavozimlarni egallashlari kutiladi.

To‘ng‘iz yilida siz ish grafigingizni qat’iy reja asosida tashkil etishingiz kerak. Shunda do‘stlar va qarindoshlar bilan muloqot uchun ko‘proq vaqt topgan bo‘lasiz. 2019 yili umurtqa pog‘onangizni mustahkamlash uchun zarur mashg‘ulotlarni o‘tashingiz lozim.

Yozda oila qurmaganlarning baxti kulib, orzusidagi inson bilan turmush qurishadi. Oilalilar, ayniqsa, yosh kelin-kuyovlar hayotida 2019 yili yana bir baxtli hodisa yuz beradi. Xonadoningizda chaqaloq yig‘isi jaranglaydi. Umri bilan bergan bo‘lsin!

MUHABBATI
Ba’zilar 2019 yil boshida tashqarida qarama-qarshi jins vakil yoki vakilalari bilan ishqiy sarguzashtlarga berilishi mumkin. Ayrim oilasiz do‘stlarimiz esa o‘ziga yoqqan inson bilan taqdirini bog‘laydi. Yil davomida xoh ayol, xoh erkak bo‘ling, tashqi ko‘rinishingizga alohida e’tibor qaratishingiz zarur. Sarguzashtlarga berilmang. Baxtingizdan ayrilasiz. Yoshi ulug‘lar maslahatiga qat’iy amal qiling. Ularning aksariyati sizga chin dildan baxt tilaydi, axir. Unutmang, to‘ng‘iz yili oila qurish uchun eng qulay va xayrli yil hisoblanadi.

Muhabbatni deb folbin va jodugarlarga murojaat etib qo‘ymang. Ular sizni iymondan ayiradi.

OILASI
Mundoq olib qaraganda, yilni oilasi borlar yomon boshlashmaydi. Lekin fe’lingizdagi yetakchilikka moyillik, qiziqqonlik yaqinlaringiz bilan o‘zaro munosabatlarga putur yetkazishi mumkin. Demak, siz to‘ng‘iz yilida xuddi shu nuqsonlardan xalos bo‘lishingiz kerak.

Agar 2019 yilda baxtli bo‘lishni orzulagan bo‘lsangiz, orzuingiz yil davomida albatta haqiqatga aylanadi. Haqiqiy baxtga erishish uchun esa yaqin qarindoshlar, o‘zingiz sevgan inson bilan qaynoq munosabatlar yuriting, tunlari qayerlardadir yurishni bas qilib, uyga o‘z vaqtida qaytishga odatlaning. Oilaviy jamg‘armani o‘z kuchingiz va imkoniyatlaringiz yordamida to‘ldirishga harakat qiling.

MOLIYaVIY AHVOLI
2019 yil — To‘ng‘iz yilida katmoningiz hamisha pulga to‘la bo‘lishini xohlasangiz, imkoningiz yetsa, shunday qobiliyatga ega bo‘lsangiz, shaxsiy biznesingizni oching. Shunda pulni pulga urishtirib, yil davomida mo‘may daromadlar egasiga aylanasiz. Yangi yil ham sizdan tejamkorlikni talab qiladi. Tejamkor bo‘lmasdan boyib ketib bo‘lmaydi, ishoning. Lekin tadbirkorlar yil bo‘yi bir necha marotaba xayriya tadbirlarida faol ishtirok etishlari lozim. Biling, xudo behuda «Sen qiynalganga birni bersang, men senga mingni beraman» demagan.

Boyib ketsangiz, tajribasi ko‘proq boylardan maslahat oling. Egallab turgan kasbingiz, ishingiz siz kutgan daromadni bermayotgan bo‘lsa, yangi ish toping. 2019 yili bu harakatlaringiz ijobiy natija beradi. Hech qachon kun bo‘yi divanga yastanib yotmang.

SALOMATLIGI
2019 yili — to‘ng‘iz yilida gastrit, apatiya, tushkun kayfiyat, shamollash kabilarni boshdan kechirishingiz kutiladi. Agar xotirjamlikni qo‘ldan bermasangiz, ovqatlanish me’yorlariga, rejimga amal qilsangiz, bu ko‘ngilsizliklarni chetlab o‘tishingiz ham haqiqatga yaqin. Parhez tuting, shunda oshqozon hamda jigar xastaliklarini ortga chekinishga majbur etasiz. Yo‘l-yo‘lakay duch kelgan taomni yeb ketaverishdan tiyiling. Sutli taomlar iste’molini ko‘paytiring. Sabzavotlarni va vitaminga boy mevalarni iste’mol qilsangiz, immunitetingiz tushishiga yo‘l qo‘ymagan bo‘lasiz.

TO‘NG‘IZ YILIDA TUG‘ILGAN MAShHURLAR
Rus tarixchisi Georgiy Vernadskiy, aktyor va rejissyor Vladimir Basov, model Viktoriya Lopыryova, aktyor Oleg Tabakov, avstriyalik fizik Ervin Shryodinger (Erwin Schrödinger), xonanda Timati, amerikalik yozuvchi Daniela Stil (Danielle Steel), sportchi va aktyor Arnold Shvarsenegger (Arnold Schwarzenegger), qo‘shiqchi Sofiya Rotaru.

PARIZOD (24. 08 — 23. 09)

UMUMIY TA’RIF
Parizod burji ostida tug‘ilganlar 2019- to‘ng‘iz yilini xush kayfiyatda qarshi olishlari kafolatlangan. Bahor oylarida esa oila qurmaganlardan kimdir birga ishlaydigan insonni yoqtirib qolishi mumkin. Bu muhabbat romani uzoq davom etishi kutilmoqda. Intihosi esa to‘y bilan bog‘liq bo‘ladi.

Yoz oylarida salomatligingizni mustahkamlashga, immunitetni ko‘tarishga e’tibor qarating. Shamollashdan ehtiyot bo‘ling.

To‘ng‘iz yili davomida siz ko‘plab kutilmagan sovg‘alarga ega bo‘lasiz. Qaysi sohada ishlamang, ishlaringiz baroridan keladi. Martabangiz oshishi, pulingiz ko‘payishi shunchaki shirin xayol emasligini anglab yetasiz.

Tadbirkorlar sergak tursin. 2019 yili raqobatchilar uxlamaydi. Qanday bo‘lmasin, sizni sindirish payida bo‘ladi.

MUHABBATI
Yil boshida shaxsiy hayotdan nima xohlayotganingizni bilmay hayron bo‘lishingiz mumkin. Oilasizlar tezroq bo‘lg‘usi yorini topish va ZAGS bo‘limiga borish istagida kuyib yonadi. Shunday ekan, 2019 yil boshidayoq yangi romantik tanishuvni boshdan kechirishda o‘ta faol bo‘lishingiz kerak. Bu yo‘lda asosan ichki ovozga quloq tuting va tez-tez atrofga ko‘z tashlab turishni odat qiling. Ishoning, haqiqiy muhabbatingizni albatta topasiz.

Muhabbatda to‘ng‘iz yili sizga ko‘plab kutilmagan sovg‘alarni, sevgi izhorlarini va’da qilmoqda. Oilali bo‘lsangiz, yangi yil davomida farzandli bo‘lishingiz ham ehtimoldan xoli emas.

OILASI
2019 yilni oilalilar mehmondorchiliklar bilan qarshi oladi. Ba’zilar to‘ng‘iz yilini yangi uyga ko‘chib o‘tishdan boshlashlari ham mumkin.

Oilangizda garmoniya hukm suradi. Agar uyni kengaytirish yoki yangi uyga ko‘chish haqida o‘ylayotgan bo‘lsangiz, mutaxassislarga maslahat soling.

Ro‘zg‘orda paydo bo‘ladigan favqulodda muammolarni ortga surmasdan, joyida bartaraf etishingiz tavsiya qilinadi. Oliy o‘quv yurtiga kirishni mo‘ljallaganlar bahor avvalidan hozirlik ko‘rishni boshlashlari kerak.

Umuman aytganda, 2019 yili oilangiz bilan birgalikda zerikishga vaqtingiz bo‘lmaydi. Yil bo‘yi uzun-qisqa safarlar, mehmondorchiliklar, uy jihozlari xarid qilish bilan band bo‘lasiz.

MOLIYaVIY AHVOLI
Moliya masalasida 2019 yili ishtahangizga erk bermang. Oxiri yaxshilik bilan tugamasligi mumkin. Oilaviy byudjetni ham aniq hisob-kitobda ushlang.

Yil mobaynida ko‘p pul topasiz. Sanashdan zerikkan paytlaringiz ham ko‘p bo‘ladi. Tejamkorlik odatingizdan yangi yilda ham voz kechmang. Juda bo‘lmasa, shaxsiy biznesingizni oching.

Ayrimlar kuz oylarida puldan rosmanasiga qiynalib qolishlari mumkin. U holda zudlik bilan qo‘shimcha daromad keltiradigan ish topishingizga to‘g‘ri keladi. Ish joyingizda martabangiz o‘tgan yildagidan yuqori bo‘lishi kafolatlangan.

Ayniqsa, bahor oylarida daromadning o‘zi sizni quvlab yurishi kutilmoqda. Tadbirkorlar foydali shartnomalarga imzo chekishadi, kelishuvlarga erishishadi.

SALOMATLIGI
2019 yil boshida immunitetni ko‘tarish harakatida bo‘lishingiz kerak. Ayniqsa, surunkali xastalikka yo‘liqqanlar uchun immunitet masalasi hamisha birinchi o‘rinda turishi lozim. Sportning faollik talab qiluvchi turlari bilan shug‘ullanish, velosiped sayri sizga sog‘liqni tiklashda katta yordam beradi.

Zararli odatlarni tashlash ham to‘ng‘iz yilining asosiy talablaridan biri ekanini unutmang. Ko‘proq piyoda yuring, kompyuter qarshisida tun bo‘yi o‘tirishni bas qiling. Ayrimlar yil davomida ko‘z ostida yong‘oqchalar bilan yurishi, buning nima ekanini tushuna olmay halak bo‘lishi mumkin. Bu kam uxlash oqibati. Ko‘proq uxlang.

TO‘NG‘IZ YILIDA TUG‘ILGAN MAShHURLAR
Amerikalik velopoygachi Lens Armstrong (Lance Armstrong), rossiyalik xonanda Aleksey Goman, aktyor Yan Arlazorov, aktyor Valentin Gaft, sobiq sovetlar josus-diversanti Zoya Kosmodemyanskaya, aktyor Boris Galkin, kosmonavt German Titov, amerikalik yozuvchi Stiven King.

Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » 2019 yil Sizga nimalarni va’da qilmoqda?