11:05 / 10.01.2019
4 950

“Borligingda seni qadrlamaydigan insonga yo‘qliging og‘riqli bo‘lmaydi”

“Borligingda seni qadrlamaydigan insonga yo‘qliging og‘riqli bo‘lmaydi”
Quyida keltiriladigan fikrlar, hikmatlar ijtimoiy tarmoqlardagi turli sahifalardan olib tarjima qilingan. Bundan tashqari sahobai kiromlar, ulug‘ olimlar, Yaqin Sharq, Osiyo, Yevropa va Amerika mutafakkirlarining bir qator fikrlari ham berilgan.
*****
Barcha ishlar selfi qilinyapti. Ibodat qilish, ovqatlanish, soqol qo‘yish, soqol olish, oilasi bilan o‘tirish, ulfatlar bilan o‘tirish, bozorda yurish, aeroportda yurish, paxta dalasida yurish…
*****
ISTIG‘FOR (ASTAG‘FIRULLOH)
Insonlarning gultoji, Payg‘ambarlarning imomi, oldingi va keyingi gunohlari kechirilgan zot kuniga yuz marta istig‘for aytganlaridan keyin men kim bo‘libmanki, istig‘for aytmasam!
Nimamga kerilaman?!
Qaysi gunohlarim kechirilgani xabar qilindi?!
Shunday ekan, kuniga yuz marta emas, besh yuz marta, ming marta istig‘for aytishim kerak!
*****
Chuqur yerda suv ko‘proq o‘rnashganidek, ilm talabida tavoze’li kishida ilm ko‘proq o‘rnashadi.
«Al-kalimut toyyib»

*****
Taslim bo‘lay-bo‘lay deganingda, bankrot bo‘lib, muvaffaqiyatsizlikka uchrashingni ko‘rish orzusida turganlar ham borligini esla!
«Tarix muhrlagan so‘zlar»

*****
Qalbingni uch o‘rinda qidir:
Qur’on tinglayotganingda.
Zikr majlislarida.
Xoli qolgan paytlaringda.
Agar ushbu o‘rinlarda qalbingni topmasang, Allohdan senga qalb ato etishini so‘ra! Chunki, senda qalb yo‘q ekan.
«Al-kalimut toyyib»

*****
Solih mo‘minning qo‘lidagi solih mol:
Ishning ko‘zini biladigan, tadbirkor, halol, taqvoli, puldor, birovga muhtoj bo‘lmaydigan, faqir dindoshlariga moddiy ko‘mak beradigan, ayniqsa, mahalladoshlarining mehrini qozongan, musulmonlar uchun ish o‘rinlari hosil qilishga intiladigan, yangiliklar, qulayliklar hosil qilishga urinadigan musulmon qandoq yaxshi!
*****
Borligingda seni qadrlamaydigan insonga yo‘qliging og‘riqli bo‘lmaydi.
«Tarix muhrlagan so‘zlar»

*****
Qanoat va tama’ boylik va faqirlik demakdir. Ko‘p faqirlar bor, sendan boyroqdir. Ko‘p boylar bor, sendan faqirroqdir.
Mustafo Siboiy

*****
Yomon xulq ko‘plab yaxshiliklarni yopib turganidek, go‘zal xulq ko‘plab yomonliklarni yopib turadi.
Mustafo Siboiy

*****
Gap dori kabidir. Agar uni ozaytirilsa, foyda beradi. Agar uni ko‘paytirib yuborilsa, o‘ldiradi.
Amr ibn Oss roziyallohu anhu


Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » “Borligingda seni qadrlamaydigan insonga yo‘qliging og‘riqli bo‘lmaydi”