Stenford universitetidagi Anesteziologiya va og‘riq tadqiqotlari instituti inson his qilishi mumkin bo‘lgan eng kuchli og‘riq turlari reytingini tuzishdi.
Reytingga ko‘ra, uch shoxli nervning yallig‘lanishi eng kuchli og‘riq berar ekan. Bu og‘riqni his qilganlar uni 10 balli shkaladan 10 ballga baholashgan. Ayollarning aytishicha, bu og‘riq tug‘uruq vaqtidagi og‘riqdan ham kuchliroqdir.
Keyingi o‘ringa surunkali og‘riqlar, jumladan eski jarohatlar qo‘zg‘aydigan og‘riqlar qo‘yilgan. Bu og‘riqlarni bostirish yoki nazoratga olishning imkoni yo‘q.
Og‘riqlar reytingining 3-o‘rniga onkologik kasalliklar va kimyoterapiya natijasida paydo bo‘luvchi og‘riqlar qo‘yilgan. Olimlarning tushuntirishicha, saratonda olingan kimyoterapiyadan keyingi barqaror remissiya (kasallikning kuchsizlanishi yoki alomatlarining yo‘qolishi) holatida ham qo‘l-oyoqlarda kuchli og‘riq saqlanib qoladi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Erdo‘g‘on: “Turkiya G‘azo mojarosi tugamaguncha Falastinni qo‘llab-quvvatlaydi”
Gretsiyada minglab odamlar NATOga qarshi namoyish o‘tkazdi
Germaniya razvedkasi rahbari: “Rossiya yaqin yillarda NATOga hujum qilishi mumkin”
Medvedev Rossiya NATO harbiy bazalariga zarba yo‘llashi mumkinligini istisno qilmadi
Eron Isroil bilan keng ko‘lamli urushga tayyorligini ma’lum qildi
100 mln so‘mgacha bo‘lgan kreditlar soddalashtirilgan tartibda ajratiladi
Bosh kiyimsiz yurishning organizmga qanday ta’siri bor?
Organizmda qaysi turdagi vitamin yetishmayotganini qanday aniqlash mumkin?