00:34 / 26.04.2019
4 097

Qarish jarayonini sekinlashtirish usuli topildi

Qarish jarayonini sekinlashtirish usuli topildi
Biologlar xalqaro jamoasi sog‘lom sichqonlarda qarish jarayonini sekinlashtiruvchi tabiiy birikmani aniqlashdi. Shu mavzudagi tadqiqot Cell Metabolism jurnalida chop etildi.

Yangi tadqiqotda olimlar kemiruvchilar organizmida NAD kofermenti sintezi uchun hujayralarning energiya almashinuvida ishtirok etuvchi NMN nukleotiddan foydalanishga muvaffaq bo‘lishdi. Bu moddani jonivorlarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yuborishning iloji yo‘q.

NAD birikmasi yog‘lar va uglevodlarning to‘yinishida qatnashadi, biroq uning sintezi yosh o‘tgan sari DNKga ziyon yetishi natijasida sekinlashadi. Xususan, koferment tana massasi to‘plash, insulinga nisbatan sezuvchanlikning yo‘qolishi va jismoniy faollikning kamayishiga to‘sqinlik qiladi.

"Biz qariyotgan sichqonlarda kuzatiladigan fiziologik pasayishni sekinlashtirish usulini namoyish qildik", - dedi tadqiqot hammuallifi San-Itiro Imai. — Bu qari sichqonlarda taxminan yosh jonivorlardagidek moddalar almashinuvi va energiyaga erishilishini anglatadi".

Sichqonlar ishtirokida o‘tkazilgan tajribalar suvda eruvchan NMN uch daqiqa davomida qonga so‘rilib ketishini ko‘rsatdi. Mutaxassislarning ta’kidlashicha, yosh sichqonlarning NMN qabul qilishi sezilarli samara bermagan.

Olimlarning fikricha, inson organizmidagi moddalar almashinuvi sichqonlardagi kabi kechishi tufayli yangi tadqiqotda olingan xulosalar odamlar uchun ham to‘g‘ri keladi. Yaponiyada NMN'li preparatlarni sinovdan o‘tkazish ishlari boshlab yuborildi. Bu birikma, olimlarning so‘zlariga ko‘ra, bir qator oziq-ovqat mahsulotlari, jumladan, brokkoli, karam, bodring va avokadoda ham mavjud.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Qarish jarayonini sekinlashtirish usuli topildi