5 yoshli Yasmin Zaitovaning Instagram'dagi reklama narxi ma’lum bo‘ldi

5 yoshli Yasmin Zaitovaning Instagram'dagi reklama narxi ma’lum bo‘ldi

Milliarderlar bilan intervyulari orqali tanilgan bloger Jahongir Latipov xonanda Shirin Zaitova va bastakor Nodir Zaitov xonadonida mehmon bo‘ldi. Suhbat davomida u ularning qizi Yasmin Zaitovaning Instagram'dagi reklama narxlari bilan ham qiziqdi.

Jahongir Latipov Nodir Zaitovdan qizining sahifasidagi bitta reklama posti qancha turishini so‘radi. Bastakorning aytishicha, Yasminning Instagram'dagi bitta reklama posti narxi 5 ming dollargacha yetadi.

Nodir Zaitov reklama uchun taklif qilinayotgan mahsulot Yasminning yoshiga mos bo‘lishi va sifati yuqori darajada bo‘lishi kerakligini ham ta’kidladi.

Bloger reklama storis narxini ham so‘raganida, Nodir Zaitov uning qiymati 1 ming dollargacha ekanini aytdi.

Jahongir Latipov Yasminning reklama shartnomalari ko‘pligi bilan ham qiziqdi. Nodir Zaitov hozircha ikki-uchta kompaniya bilan shartnoma mavjudligini ma’lum qildi.

Suhbat davomida bloger Yasmin hali yosh bo‘lgani sababli reklama orqali topayotgan mablag‘lari qanday taqsimlanishi haqida ham savol berdi.

Nodir Zaitov esa qizining reklama orqali topayotgan pullari uning o‘ziga tegishli ekanini va mablag‘lar investitsiya qilinayotganini aytdi.

“Hammasini investitsiya qilib qo‘yganman. Individual hisobda yig‘ilgan. O‘ziniki — o‘ziga. O‘zining nomiga. Bankda ham bor”, — dedi u.

Shu tariqa, kichik yoshdagi Yasminning ijtimoiy tarmoqlardagi faoliyati nafaqat obunachilar, balki reklama beruvchilar e’tiborini ham tortayotgani ma’lum bo‘ldi.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar