Erdo‘g‘on va Adliya vaziri bilan sun’iy intellektda surat yaratgan erkak qamoqqa olindi

1 daqiqa o'qish163
Erdo‘g‘on va Adliya vaziri bilan sun’iy intellektda surat yaratgan erkak qamoqqa olindi

Turkiyaning Anqara shahrida 53 yoshli Mehmet Chakmak sun’iy intellekt yordamida tayyorlangan soxta suratlarni WhatsApp orqali tarqatgani uchun qamoqqa olindi. Bu haqda Anadolu Agency xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, erkak o‘zini Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on hamda Adliya vaziri Akin Gyurlek bilan birga tasvirlovchi suratlarni sun’iy intellekt yordamida yaratgan. U ushbu tasvirlarni WhatsApp'dagi statusiga joylashtirgan.

Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, mazkur suratlar orqali u yuqori martabali davlat amaldorlari bilan yaqin aloqalari borligi haqida tasavvur uyg‘otishga uringan.

Mehmet Chakmak 23 sentyabr kuni Anqaraning Kechioren tumanidagi uyida qo‘lga olingan. Tekshiruv davomida uning ilgari to‘rtta alohida jinoyat bo‘yicha sudlangani aniqlangan.

Unga nisbatan «nufuz savdosi» hamda aholi orasida xavotir, qo‘rquv yoki vahima uyg‘otish maqsadida haqiqatga to‘g‘ri kelmaydigan ma’lumotlarni ochiq tarqatish bilan bog‘liq moddalar asosida ish qo‘zg‘atilgan. Keyinchalik u sud qarori bilan qamoqqa olingan.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?