00:17 / 14.11.2019
5 871

Yoqtirgan mevangizni tanlang va o‘zingiz haqingizdagi ma’lumotga ega bo‘ling

Yoqtirgan mevangizni tanlang va o‘zingiz haqingizdagi ma’lumotga ega bo‘ling
Dunyoda mevalarni yoqtirmaydigan inson bo‘lmasa kerak. Olimlarning fikricha, siz sevib iste’mol qiladigan meva orqali sizning xarakteringizni bilish mumkin ekan.

Biz bilamizki, meva va sabzavotlarni har qanday vaqtda iste’mol qilsa bo‘ladi. Qolaversa, bu sog‘liq uchun ham juda foydali.
Keling endi bir-biridan shirin mevalar siz haqingizda nima deyishini bilib olsak.

1. Olmani sevuvchilar

Siz an’analarga sodiq insonlar qatoridan joy olgansiz. Har qanday holatda insonlar bilan osongina chiqishib keta olasiz. Sizning mehribonchiligingizni ko‘pchilik inson qadrlaydi.

2. Bananni sevuvchilar

Siz hazilkash insonsiz. Hayotdagi har qanday kichik narsadan ham quvonch va baxtni topa olasiz. G‘amgin insonni ham bemalol kuldira olasiz.

3. Apelsinni sevuvchilar

Bu sitrus mevani sevib iste’mol qiluvchi insonlar odatda jo‘shqin bo‘ladi. Har qanday vaziyatda insonlarga kulgu ulasha olasiz. Siz qadam bosgan qorong‘u xona ham sof kulgingiz ila yorug‘lashadi. Siz sof qalb egasisiz. Buni aslo unutmang!

4. Qulupnayni sevuvchilar

Siz juda ham xushmuomala insonsiz. Sizning lug‘at boyligingizdan "uzr", "katta rahmat" degan so‘zlar joy olgan. Kimgadir yordam kerak bo‘lsa, siz doimo u insonga ko‘maklashishga shaysiz.

5. Kivini sevuvchilar

O‘ziga xos tanlov! Sirli insonsiz. Siz haqingizda hattoki do‘stlaringiz ham to‘liq ma’lumot bera olmaydi. Chunki rejalaringizni hech kimga aytmaysiz. Kutilmaganda, o‘zingizning yorqin qirralaringizni omma oldida ko‘rsatib qolishingiz mumkin.

6. Uzumni sevuvchilar

Siz qat’iyatli insonsiz. Hech qanday to‘siq maqsadlaringizga erishishda g‘ov bo‘la olmaydi. Oldingizga qandaydir maqsad qo‘ydingizmi, ortga chekinmaysiz. "Olg‘a!" degan so‘z sizning doimiy shioringiz.

7. Shaftolini sevuvchilar

Siz boshqa insonlarga nisbatan murakkabroqsiz, ya’ni sizni tushunish qiyin. Agar kirishimli bo‘lsangiz, o‘zingizni kamroq yolg‘iz his qilasiz.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Yoqtirgan mevangizni tanlang va o‘zingiz haqingizdagi ma’lumotga ega bo‘ling