Sog‘liq uchun eng yaxshi sport turi ma’lum qilindi

1 daqiqa o'qish7.5K
Sog‘liq uchun eng yaxshi sport turi ma’lum qilindi
Mutaxassislarning ta’kidlashicha, suzish sog‘liq uchun eng foydali sport turi bo‘lib, u bilan muntazam shug‘ullanish hayotni uzaytirishi mumkin. Bu haqda Express.co.uk portali xabar berdi.

20 yoshdan 90 yoshgacha 40 mingdan ko‘proq erkakni qamrab olgan tadqiqot natijalariga ko‘ra, suzish bilan shug‘ullanuvchilarda o‘lim xavfi darajasi yugurish yoki piyoda yurish bilan shug‘ullanuvchilarnikidan 50 foiz pastroq bo‘lgan. Tadqiqot ishtirokchilari ortidan 32 yil davomida kuzatuv olib borilgan.

AQSHning Janubiy Karolina universiteti professori Stiven Bler suzish yurak-tomir tizimining jismoniy yuklamalarga bardosh bera olish qobiliyati -kardiorespirator bardoshligini yaxshiroq oshirishini aniqlagan.

Olimning ta’kidlashicha, bu sport turi barcha, jumladan surunkali kasalliklarga ega odamlar uchun a’lo darajada mos keladi.
Garvard universiteti professori Ay-Min Li esa suzishni artritdan aziyat chekuvchi yoki ruhiy holatini yaxshilamoqchi bo‘lganlar uchun “a’lo darajadagi mashg‘ulot” deb atagan.

Shuningdek, Garvard universiteti olimlari suzish bilan muntazam shug‘ullanish yurak-tomir kasalliklaridan o‘lish xavfini 41 foizga kamaytirishi mumkinligi haqidagi xulosaga kelishgan. Bundan tashqari, suzish jarohat va operatsiyalardan keyin tiklanayotganlar uchun ham maqbul hisoblanadi.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?