09:30 / 03.06.2020
2 725

Noqulay poyabzal, kompyuter va ko‘p o‘tirish. Qaddi-qomatga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi omillar

Noqulay poyabzal, kompyuter va ko‘p o‘tirish. Qaddi-qomatga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi omillar
Foto: «Faktor rosta»
Zamonaviy turmush tarzi, kompyuterda uzoq vaqt o‘tirib ishlash, harakatning kamligi sabab bukchayish, qomatning tik bo‘lmasligi holatlari ko‘zga tashlanadi. Boshida e’tibor berilmagan bukchayish salbiy oqibatlarga olib kelishi hamda boshqa organlar faoliyatida ham muammolar paydo bo‘lishi mumkin.

Qadni tik tuta olmaslik odat bo‘lib qolganini qayerdan bilish mumkin?
Devorga suyaning. Boshingizni to‘g‘ri, qaddingizni tik tuting. Shu yo‘sinda 1-2 daqiqa turing. Agar tik turish davomida og‘riq sezsangiz, bu bejizga bo‘lmaydi.

Umurtqada o‘zgarish bo‘lishiga nafaqat tashqi omil va shikastlanishlar, balki noqulay poyabzal, zararli odatlar ham sabab bo‘ladi. Bu odatlar qanday ekanligiga to‘xtalamiz.

Kompyuter va telefon
Ish, o‘qish yoki boshqa maqsadlarda gadjetlardan foydalanish vaqti boshni bir holatda uzoq vaqt tutib turish kerak bo‘ladi, bu esa bo‘yin muskullari va umurtqaning zo‘​riqishiga olib keladi. Bundan ham yomoni — ekranga engashib qarashga o‘rganib qolgan bosh shunday holatga ko‘nikib qoladi va inson qaddini bukib, boshini egib yurishi odat bo‘lib qoladi.

Nima qilish kerak?
Jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanish kerak bo‘ladi, faqat o‘zboshimchalik qilish, og‘ir va murakkab mashqlarni bajarish yaramaydi.

Masalan, boshingizni orqaga eging va shu holatda 30 soniya turing, keyin oldinga eging va yana 30 soniya turing. Keyin chapga, undan so‘ng o‘ngga qarab, 30 daqiqa turing. Shunga o‘​xshash mashqlarni tongda, ish vatingizda bajarishni kanda qilmang.

Foto: bOombate

Ko‘p o‘tirish
Haddan ortiq o‘tirib ishlash yoki kam harakatli hayot tarzi ham insonning bukchayib qolishiga sababchi bo‘ladi. Yosh va kuchga to‘la vaqtingizda buning asoratlari sezilmagani bilan yosh o‘tgani sayin muammolar kelib chiqaveradi.

Nima qilish kerak?
Bukchayishni tuzatishning eng samarali usuli turnikka osilish hisoblanadi. Buning uchun, albatta, sport markazlariga borish yoki darslarga yozilish shart emas, ochiq maydonchalar yoki hovlidagi imkoniyatlardan ham foydalanish mumkin.

Yengil, egilib-turib bajariladigan mashqlar ham yaxshi samara beradi, faqat ularni bajarayotganda birdaniga ko‘p va zo‘riqtiradigan harakat qilmang.

Dumg‘azada o‘zgarish
Dumg‘aza vertikal holatda bo‘lishi kerak va shundagina umurtqaga og‘irlik qilmaydi. Undagi o‘zgarish ham kam harakatlilik va ko‘p o‘tirishdan kelib chiqadi.

Nima qilish kerak?
Birinchi navbatda o‘tirishni kamaytiring, harakatni ko‘paytiring. Kompyuterda ishlashga majbur bo‘lsangiz, har soatda o‘rningizdan turib, aylanib keling. Dumg‘aza qismi ishtirok etadigan jismoniy mashqlarni bajarishni unutmang. Bu kabi mashqlar ketma-ketligini internetdan topish mumkin bo‘lgani bilan, shifokor bilan maslahatlashishni unutmang.

Shuningdek, oyoq kiyimingiz qulayligiga e’tibor qaratishni yoddan chiqarmang. Poshnali tufli — umurtqaning eng asosiy dushmanlaridan biri. Kundalik uchun sport uslubidagi yengil, harakatlanishga oson va qulay bo‘lgan sport uslubidagi poyabzallarni tanlang. Ko‘proq sayr qilishga, yengil mashqlarni bajarishga harakat qiling. Eng asosiysi esa og‘riq yoki jiddiy o‘zgarishlar kuzatilganda o‘zboshimchalik qilmay, shifokorga murojaat qiling.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Noqulay poyabzal, kompyuter va ko‘p o‘tirish. Qaddi-qomatga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi omillar