07:00 / 27.07.2020
6 209

Yuzdagi qora nuqtalardan xalos bo’lishning eng oson yo’llari

Yuzdagi qora nuqtalardan xalos bo’lishning eng oson yo’llari
Qora nuqtalar bu yuz terisining ustki qatlamida paydo bo‘luvchi husnbuzarlardir. Aslida bu qora nuqtalar nima sababdan yuzaga keladi? Bu savol ko‘pchillikka qiziq bo‘lsa kerak.

Bizga ma’lumki, ko‘pchilikning yuzi yog‘li bo‘ladi. Aynan yuzdagi qora nuqtalar ham yog‘li yuzlarda ko‘proq uchraydi. Chunki, yuz terisidagi yog‘ o‘lik teri bilan uyg‘unlashib, teridagi teshiklarni yopib qo‘yadi va natijada qora tusga kiradi.

Albatta har narsaga da’vo bo‘lganidek, bu qora nuqtalardan xalos bo‘lishning ham bir qancha usullari bor. Ular quyidagicha:

Yuzingizni kuniga ikki mahal sovuq suv bilan yuving
Yuzni doimiy ravishda ertalab hamda tunda yuvish, har bir bakteriyalardan xalos bo‘lishimizga yordam beradi. Ayniqsa, ertalab badantarbiya qilganingizdan so‘ng, yuzingizni yaxshilab yuvib tashlang. Aks holda, yuzingiz terlaganda ter teshiklarni yopib qo‘yishiga sababchi bo‘lishi mumkin.

Tarkibida yog‘ miqdori kam bo‘lgan kremlardan foydalaning
Agar yuzingiz uchun yog‘li kremlardan foydalansangiz, u teringizni teshiklarini yopib qo‘yadi. Natijada qora nuqtalar paydo bo‘ladi. Shu sababli iloji boricha, yog‘siz kremlardan foydalaning.

Loy niqoblardan foydalaning
Loy qadim-qadim zamonlardan buyon kosmetologiyada ishlatilinib kelinadi. Chunki uning tarkibida yuz uchun foydali minerallar mavjud. Loydan qilingan niqoblar yuzdagi teshiklarni yopishda hamda yuzni silliq holatiga keltirishda yordam beradi.

3% li salisil kislota gelini qo‘llab ko‘ring
Kosmetologlarning ta’kidlashicha, salisil kislotasi yuzdagi poralardan xalos bo‘lishga yordam beradi. Lekin bu gelni faqat muammoli yuzlarga qo‘llasangiz maqsadga muvofiq bo‘ladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Yuzdagi qora nuqtalardan xalos bo’lishning eng oson yo’llari