date
views 4 844

Kuzda tug‘ilganlar uzoq yashaydi...

Kuzda tug‘ilganlar uzoq yashaydi...
Foto: «Medikforum.ru»
Biologlar insonning tug‘ilgan oyi uning sog‘lig‘iga va natijada umriga qanday ta’sir qilishini aniqlashdi. Shunday qilib, olib borilgan tadqiqotlar natijasida, eng ko‘p umr ko‘ruvchilar — kuzda tug‘ilgan odamlar orasida va eng kam yashovchilar esa bahorda tug‘ilganlar orasida kuzatilgan, deb yozadi «Medikforum.ru».

Ehtimol, bu onaning organizmi bahorga nisbatan kuzda vitaminlarga ko‘proq to‘yingani bilan bog‘liq, deb hisoblashmoqda. Va kuzda havoda bahordagidek chang bo‘lmaydi, bu esa tananing allergik reaksiyalari xavfini kamaytiradi.

Shuningdek, kuzda tug‘ilgan bolalarning maktabda ham muvaffaqiyat qozonish ehtimoli ko‘proq. Bundan tashqari, hayot davomiyligi insonning genetikasi va kayfiyatiga ham bog‘liq. Optimistlarning pessimistlarga qaraganda uzoqroq yashashi isbotlangan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Foydali » Kuzda tug‘ilganlar uzoq yashaydi...