Foto: Pixabay
Buyraklarning asosiy “dushmani” osh tuzi hisoblanadi. U hattoki sog‘lom buyraklarga ham zarar yetkazishi mumkin, deb aytib o‘tdi rossiyalik nefrolog shifokor Lyudmila Artyuxina.
Mutaxassis zamonaviy jamiyatda fastfud va yarimtayyor mahsulotlar hamda tuz ko‘p miqdorda solinadigan mahsulotlar ommaviylashgani sababli tuzning haddan ziyod iste’mol qilinishi muammosiga e’tibor qaratgan.
Shifokorning ta’kidlashicha, ko‘pincha buyraklar bilan muammolarda og‘riqli simptomlar kuzatilmaydi, shu sababli bemorlar shifoxonaga kasallikning jiddiy bosqichi kechayotgan vaqtdagina shifoxonaga tushadilar.
“Ba’zida kasallik subklinik kechadigan alomatlar bor. Bu nimjonlik, tez charchash, yurish vaqtida oyoqlar shishishi bilan namoyon bo‘ladi. Arterial gipertenziya bo‘lishi mumkin. Buyrak kasalligi arterial gipertoniya bilan ham namoyon bo‘lishi mumkin”, deb tushuntirib o‘tgan mutaxassis.
Artyuxinaning ta’kidlashicha, qon bosimi bilan muammolar bo‘lganda tibbiy ko‘rikdan o‘tish lozim. U buyraklar sog‘lom bo‘lishi uchun sog‘lom turmush tarziga amal qilish lozimligini uqdirib o‘tgan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
BAAda isroillik ravvin o‘ldirib ketildi
Qirg‘iziston budjetiga korrupsionerlardan misli ko‘rilmagan miqdorda mablag‘ qaytarildi
Isroillik ravvinni o‘ldirishda gumonlangan uch kishi ushlandi
Putinning yadroviy ogohlantirishi — "Oreshnik" nimalarga qodir?
Mashhur kosmetolog Krishtianu Ronalduni sudga berdi
Ukrainada Tramp nomzodi tinchlik bo‘yicha Nobel mukofotiga taklif qilindi
BAAda isroillik rohibning o‘limida gumonlanayotgan o‘zbekistonliklar ushlandi