date
views 4 199

Yoshartiruvchi beshta mahsulot nomi ma’lum bo‘ldi

Yoshartiruvchi beshta mahsulot nomi ma’lum bo‘ldi
Rossiyalik olim Mixail Ginzburg yoshlikni uzaytiruvchi oziq-ovqat mahsulotlari haqida ma’lumot berdi.
Ginzburgning ta’kidlashicha, ratsionimizda albatta KO‘K CHOY bo‘lishi lozim. Ushbu mahsulot qarish jarayonini sekinlashtirish, organizmni yoshartirish xususiyatiga ega. Shu boisdan kuniga ikki-uch finjondan ko‘k choy ichish tavsiya qilinadi.

Yoshartiruvchi mahsulotlar ro‘yxatiga shuningdek, zaytun yog‘i, zig‘ir urug‘i va baliq ham kiradi. Bu mahsulotlar foydali yog‘ kislotalariga boy bo‘lib, qon-tomirlarda ateroskleroz rivojlanishiga yo‘l qo‘ymaydi.

Bundan tashqari, achchiq shokolad (shakar qo‘shilmagan) ham yoshlikni uzaytirish xususiyatiga ega.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Foydali » Yoshartiruvchi beshta mahsulot nomi ma’lum bo‘ldi