Hindistonda haykal yo‘lini ochish uchun elektr simlarini kesib tashlashdi (video)

Hindistonda Ganesh festivali doirasidagi diniy yurish vaqtida katta haykal elektr simlariga ilinib, harakatlanishga xalaqit bergani aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi.
Videoda haykalning balandligi sababli elektr simlari uning yo‘lini to‘sib qolgani ko‘rinadi. Shundan so‘ng bir kishi haykal ustiga chiqib, asbob yordamida unga ilinib qolgan simlarni kesib tashlaydi. Simlar uzilganidan keyin yurish davom etgani aytilmoqda.
Biroq hodisa qaysi hududda sodir bo‘lgani va simlar kesilishi oqibatida elektr ta’minotida uzilish yuz bergan-bermagani haqida hozircha aniq ma’lumot yo‘q.
Ma’lumot uchun, Ganesh festivali Hindistonda hindularning donolik va farovonlik xudosi Ganesha sharafiga o‘tkaziladi. Bayram davomida uning haykallari ko‘chalarda olib yuriladi. Festival yakunida esa haykallar an’anaga ko‘ra daryo, ko‘l yoki maxsus suv havzalariga tushiriladi.






























Izohlar 0
…