11:32 / 02.12.2020
4 258

Soch to‘kilishiga butunlay barham berish usuli ma’lum qilindi

Soch to‘kilishiga butunlay barham berish usuli ma’lum qilindi
Foto: Freepik
Sochning normal o‘sishi uchun organizmga ko‘p hollarda B12 vitamini yetishmaydi. Bu haqda britaniyalik trixolog Filipp Kingsli ma’lumot berdi, deb yozadi «Korrespondent.net».

Mutaxassisning aytishicha, B12 asab tizimi faoliyatini yaxshilaydi, DNK ishlab chiqarilishida muhim rol o‘ynaydi. Shu bilan birga qizil qon tanachalari uchun ham ahamiyatli hisoblanadi va ularga to‘qimalar hamda soch follikulalarini kislorod bilan ta’minlash imkonini beradi.

Sochlarga B12 yetishmaganda sochlar yetarli miqdorda kislorod bilan to‘yinmaydi va buning oqibatida normal o‘sishdan to‘xtaydi va to‘kila boshlaydi.

Ushbu vitaminga bo‘lgan yetishmovchilikni maxsus qo‘shimcha va boshqa mahsulotlar iste’moli orqali olsa bo‘ladi.
Tovuq go‘shti, jigar, tuxum, losos, sut, soya suti, shuningdek boshoqli o‘simliklar va xamirturush B12 vitaminining koni hisoblanadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Soch to‘kilishiga butunlay barham berish usuli ma’lum qilindi