21:44 / 11.12.2020
4 814

Xipchabel bo‘lish uchun chia urug‘i qo‘shilgan suv: Urfga kirgan ichimlik chindan ham yordam beradimi?

Xipchabel bo‘lish uchun chia urug‘i qo‘shilgan suv: Urfga kirgan ichimlik chindan ham yordam beradimi?
Foto: InterAz
Chia urug‘lari uzoq vaqtdan beri samarali mahsulot maqomiga ega bo‘lib, ular non va turli xil oziq-ovqatlar tarkibiga qo‘shiladi. Shuningdek, undan sabzavotli pudinglar tayyorlanadi. So‘nggi paytlarda nafaqat sog‘lom ovqatlanish tarafdorlari, balki ozishni istaganlar ham ushbu mahsulotga e’tibor qaratmoqda. Chia urug‘lari suvga qo‘shiladi va natijada bir kunlik ovqatlanishning kaloriya miqdorini mukammal to‘ldiradi.

Bundan tashqari, chia urug‘i qo‘shilgan ichimlikning yana bir qancha foydali jihatlari mavjud. Chia urug‘i antioksidant, oqsil, tola, vitamin va minerallarga boy. Ushbu urug‘larning ozuqaviy tarkibi vazn muvozanati va modda almashinuvining yaxshilanishiga yordam berdi.

Eng muhimi, chia urug‘lari suyuqlikni yutish hisobiga shishib, oshqozonni to‘ldiradi. Shundan so‘ng uzoq vaqt mobaynida insonga to‘yinganlik hisini beradi. Bundan tashqari ichimlik qondagi qand miqdorini tartibga soladi, bu esa shirinlik yoki boshqa keraksiz ovqatlarga bo‘lgan ishtiyoqni cheklashga yordam beradi.

Retsept
Ushbu oddiy ichimlik 1½ osh qoshiq chia urug‘ini 200 ml sovuq suv bilan aralashtiriladi. Urug‘larning yaxshilab bo‘kishi uchun aralashmani kamida bir soat davomida muzlatkichda qoldirish kerak. Keyin bir litr suv bilan uni suyultirish mumkin. Ichimlikni yanada mazali qilish uchun limon, apelsin yoki bodring bo‘laklarini qo‘shish mumkin. Mazkur ichimlikning bir litri kun davomida ichilib, keyingi kun uchun aralashmaning yangisini tayyorlash tavsiya etiladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Xipchabel bo‘lish uchun chia urug‘i qo‘shilgan suv: Urfga kirgan ichimlik chindan ham yordam beradimi?