Foto: «Imgp1.schaer.com»
Pishloq foydali mahsulot ekanligiga shubha yo‘q. Uni eng ko‘p iste’mol qiluvchi Fransiya, Italiya, Ispaniya kabi mamlakatlarda uzoq umr ko‘ruvchilar ko‘p qayd etilishi bejizga emas.
Texas universiteti olimlari o‘z tadqiqotlarida chedder, bri va parmezan kabi pishloqlar tarkibida spermidin moddasi borligini ta’kidlashadi. U arterial qon bosimini pasaytirib, yurak-qon tomir kasalliklari xavfini 40 foizga kamaytiradi. Tajriba natijalariga ko‘ra, hayvonlar ozuqasiga spermidin qo‘shilganda ular 25 foiz uzoqroq yashashgan.
Ammo rossiyalik shifokorlar texaslik mutaxassislarning fikriga qo‘shilmaydi. «To‘g‘ri, sifatli pishloqni me’yorda (kuniga 30 grammgacha) iste’mol qilish foyda keltiradi, — deydi Rossiya Federatsiyasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Milliy tibbiyot endokrinologiya ilmiy-tadqiqot markazi endokrinologi Larisa Saveleva.
— Ammo umr ko‘rish davomiyligiga parhezdan tashqari boshqa ko‘plab omillar ham ta’sir ko‘rsatadi. Ustiga-ustak, laboratoriya tajribalari shu paytgacha faqat hayvonlar ustida o‘tkazilgan. Ularning natijalarini esa har doim ham odamlarga qo‘llab bo‘lmaydi». “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
BAAda isroillik ravvin o‘ldirib ketildi
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
Rossiya yuzlab yamanliklarni Ukrainaga qarshi urushga yolladi
Xitoy Yaponiya va sakkizta davlat fuqarolariga vizasiz rejimni joriy etadi
Abdusalom Azizovning DXX raisligidan haydalgani tasdiqlandi
O‘zbekistonda kelasi hafta boshida qanday ob-havo bo‘lishi ma’lum qilindi
Germaniya yil oxirigacha Ukrainaga yana ikkita IRIS-T havo mudofaa tizimini yetkazib beradi