19:50 / 13.02.2021
2 705

Shirinlik o‘rnini bosuvchi foydali yeguliklar

Shirinlik o‘rnini bosuvchi foydali yeguliklar
Foto: Getty Images
Ba’zan insonda shirinlik yeyishga nisbatan kuchli xohish paydo bo‘ladi. Bu his organizmga uglevodlar yetishmasligidan kelib chiqadi. Bunday vaqtda organizm kerakli uglevodni shokoladdan oladimi yoki mevali salatdan — bu muhim emas. Qomat buzilishiga shakarga nisbatan kamroq ta’sir qiluvchi yeguliklar haqida ma’lumot beramiz.

Meva va rezavorlar
Meva nafaqat uglevodga, balki kletchatka, vitamin, mineral va antioksidantlarga boyligi bilan ham yaxshi ma’lum. Yangi uzilgan mevalarning kaloriyasi nisbatan kam, ammo me’yordan ortiq iste’mol qilingan mevalar allergik reaksiyaga sabab bo‘lishi mumkin yoki kunlik kaloriya ko‘payib ketishiga sabab bo‘ladi. Bu esa kilogramm ortishiga olib keladi.

Foto: Getty Images
Quritilgan mevalar
Quritish jarayonida mevalar faqatgina suvini yo‘qotadi, natijada ozuqa moddalarining konsentratsiyasi ortadi. Dietologlar quritilgan mevalarni shirinliklar o‘rnini bosuvchi eng maqbul yegulik sifatida tavsiya qilishadi: ham tabiiy, ham foydali. Asosiysi, me’yorni bilish: kuniga bir-ikki donadan oshmasligi kerak.

Foto: Getty Images
Yong‘oqlar
Albatta, yong‘oq meva kabi shirin emas, ammo unda uglevoddan tashqari ko‘p miqdordagi vitaminlar, minerallar, o‘simlik oqsillari va foydali yog‘lar mavjud. Shokolad o‘rniga bir hovuch keshyu yong‘og‘i yoki bodom iste’mol qilish sizni kunlik uglevodlar bilan bemalol ta’minlaydi.

Foto: Getty Images
Shirin kartoshka (batat)
Mazkur sabzavotdan nafaqat taom, balki shirinliklar ham tayyorlanadi. Shirin kartoshka ko‘plab minerallar, A va C vitaminlariga boy bo‘lib, u uzoq vaqt davomida me’dani to‘q tutadi va shirinlikka bo‘lgan ehtiyojingizni qondiradi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Shirinlik o‘rnini bosuvchi foydali yeguliklar