13:23 / 16.03.2021
2 302

Qanday odatlar gripp va koronavirusdan xalos bo‘lishga to‘sqinlik qiladi?

Qanday odatlar gripp va koronavirusdan xalos bo‘lishga to‘sqinlik qiladi?
Foto: «Domashniy ochag»
Shamollash, gripp yoki koronavirus – ushbu kasalliklar o‘z-o‘zidan butun tana uchun jiddiy yukdir. Gohida kasallikdan tezroq tuzalishga yordam bermaydigan ba’zi odatlar bor, ularni iloji boricha tezroq tark etish lozim.

Uxlashga kech yotish
Bemor qancha yaxshi uxlasa, tana virus bilan kurashish uchun ko‘p kuch sarflaydi va tezroq tiklanadi. Uyqu shamollash va grippga qarshi eng yaxshi dori ham hisoblanadi. Kasallikka chalingandan keyin ham tiniqib uxlamaslik uni bartaraf etishni kechiktiradi.

Dush qabul qilish
Agar tana harorati 38 darajadan oshsa, suv bilan bog‘liq jarayonlarni o‘tkazmaslik yaxshiroqdir. Hammom yoki dush isitmani kuchaytirishi yoki ahvolni yomonlashtirishi mumkin. Shuningdek, uni sovuq suv bilan tushirish ham mumkin emas.

Kasallikni oyoqda o‘tkazmaslik
Har qanday bemor uchun eng yomon odat – kasallik vaqtida normal hayot kechirishga urinishdir. Tana esa shamollash va gripp alomatlarini yengillashtiradigan dorilar bilan muntazam ravishda qo‘llab-quvvatlanadi, xolos.

Birinchidan, yurak zo‘riqishi tufayli jiddiy kasallik asoratlari kelib chiqadi.
Ikkinchidan, haroratni doimiy ravishda tushirish u bilan organizmning kurashishiga to‘sqinlik qiladi.
Uchinchidan, atrofdagi sog‘lom odamlar uchun ham xavfli manbaga aylanib qolish mumkin.

Nafas olish yo‘llari kasalliklarini qo‘zg‘atadigan viruslar hayratlanarli darajada o‘zgaruvchan va hatto tezkor aloqada ham yuqadi. Shuning uchun ham koronavirus alomatlari aniqlanganda amalga oshirish kerak bo‘lgan narsa – bu uyda qolish va tuzalgunga qadar dam olishdir.

Apelsin iste’mol qilish
Agar kasallik yo‘tal yoki tomoq og‘rig‘i bilan kechadigan bo‘lsa, apelsin, mandarin yoki ulardan tayyorlangan sharbatlarni iste’mol qilishdan bosh tortgan ma’qul. Sababi ushbu mevalar tarkibida kislota ko‘p bo‘lib, ular tomoqning og‘rigan shilliq qavatiga zarar yetkazishi va tiklanishiga xalaqit berishi mumkin.

Shakarli choy va qahva ichish
Bunday vaqtda shirin ichimliklarni parhezdan butunlay chiqarib tashlagan ma’qul. Ular yurak qon-tomir tizimining sog‘lig‘iga putur yetkazadi. Metabolizmga salbiy ta’sir o‘tkazadi, hattoki saraton xavfini ham oshiradi. Kofein tanani suvsizlantiradi, shakar immunitetni tushiradi. Natijada tana kasallik bilan kurashishga qarshi kuch topa olmaydi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Qanday odatlar gripp va koronavirusdan xalos bo‘lishga to‘sqinlik qiladi?