14:09 / 18.03.2021
1 643

Telefonga mukkasidan ketish salomatlik va qomat uchun qanchalik xavfli?

Telefonga mukkasidan ketish salomatlik va qomat uchun qanchalik xavfli?
Foto: Getty Images
Bosh og‘rishi yelka va gavdaning yuqori qismida zo‘riqish kuzatilishi telefonga ortiqcha qarash sabab kuzatiladi. Umurtqa pog‘onasining qiyshayishi va jarohatni davolash bo‘yicha mutaxassis Din Fishman bejizga bo‘yinning patologik sindromiga nisbatan Text Neck atamasini qo‘llamagan. Text Neck uzoq vaqt davomida telefonda haddan ortiq vaqt davomida yozish, o‘qish va gadjetga tikilish oqibatida bo‘yinning zo‘riqishi va og‘rish sindromi hisoblanadi.

Quruq statistika
Tadqiqotchilarning ma’lum qilishicha, 8 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan yoshdagi bolalar kuniga 8-8,5 soat davomida gadjetlardan foydalanadi. Boshqa tadqiqotlarda esa bo‘yindagi surunkali og‘riq sindromi telefondan foydalanish bilan aloqadorligi aniqlangan.

Mushaklar eng ko‘p aziyat chekadi
Ortoped-jarroh Adalbert Kapanjining «Suyaklar fiziologiyasi» kitobida yozilishicha, odam bo‘ynini 2,5 santimetr oldinga egib, unga qo‘shimcha 5 kilo og‘irlikni «yuklaydi». Bu bir qancha muammolarga olib keladi, ayniqsa mushaklar uchun oson bo‘lmaydi. Ular ortiqcha og‘irlikni og‘riq va zo‘riqish bilan ushlashiga to‘g‘ri keladi.

Oqibatlari
Qon tomirlarning zo‘riqqani hisobiga mushaklar va ular atrofidagi to‘qimalar kislorod bilan to‘yinmaydi, oddiyroq qilib tushuntirganda hujayralar oziqlana olmaydi. Asta-sekin mushaklar, pay va umurtqalararo disklarda deformatsiya yuz beradi. Bu kabi o‘zgarishlar osteoxondroz rivojlanishiga turtki bo‘ladi. Deformatsiyaga uchragan to‘qimalar nafaqat qon-tomirlar, balki nervlarning ham qisilishiga sabab bo‘ladi. Organizmdagi hamma narsa bir-biriga aloqador bo‘lganidek shundan keyin yelka, bosh, bel va qo‘llar ham og‘riy boshlaydi.
  • O‘zgarishlar sekin-asta ammo to‘xtovsiz tarqaladi.
  • Umurtqa pog‘onaning ko‘krak qafasida deformatsiya kuzatiladi.
  • O‘pkaga kiradigan havo sig‘imi 30 foizga kamayadi.
  • Qo‘lda barmoqlarning uvishishi, sanchib og‘rish va jimirlash seziladi.
  • Gavdaning qiyshayishi qorin bo‘shlig‘i, xususan, yo‘g‘on ichakning ishdan chiqishiga olib keladi.

Nima qilish kerak?
  • Ikki barmoqni iyaklarning o‘rtasiga qo‘yib, tugmachani bosgandek harakatlantiring.
  • Telefonni to‘g‘ri, noqulay bo‘lsa ham uni 70—90 daraja qiya tutib foydalaning.

Bu esingizdan chiqmasligi uchun telefoningizga Text Neck ilovasini yuklab oling. Noto‘g‘ri tutilgan payt undagi signal sizga nima qilish kerakligini eslatib turadi.

Selfi tayoqchasini xarid qiling va video hamda film ko‘rganda unday foydalaning. Bu orqali bo‘yinning ortiqcha zo‘riqishini oldini olgan bo‘lasiz.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Telefonga mukkasidan ketish salomatlik va qomat uchun qanchalik xavfli?