17:00 / 22.03.2021
6 282

Yulduz Usmonovaning eri Mansur Agaliyev Turkiyadagi qiyinchiliklari haqida gapirib berdi (video)

Yulduz Usmonovaning eri Mansur Agaliyev Turkiyadagi qiyinchiliklari haqida gapirib berdi (video)
Foto: «Daryo»
Yulduz Usmonovaning prodyuseri, turmush o‘rtog‘i Mansur Agaliyev «Daryo» internet-nashriga eksklyuziv intervyu berdi. Intervyuni «Daryo» muxbiri Feruz Muhammad tashkillashtirdi.

Mansur Agaliyev suhbat davomida Yulduz Usmonova bilan Turkiyada yashagan vaqtlaridagi qiyinchiliklar haqida so‘zlab berdi.

- "Iqtisodiy muammolar bo‘lgan, hech balomiz qolmagan. Juda qiyin paytlar bo‘lgan. Turkiyaga borganimizda 20 kuncha mehmonxonada yashaganmiz. Keyin menejerga pul berish kerak, unga pul berish kerak, bunga pul berish kerak, xullas, pul tugadi.

Do‘konlarimdan u yerga har kuni pul borardi. Bir muammo sabab Toshkentdagi 12 ta do‘konimni bosishgan. Keyin Turkiya bozoridan Rossiyaga yana boshqa joylarga mol jo‘natib tirikchilik qilganman. Katta qiyinchiliklardan chiqqanmiz. Juda katta summa ketgan.

Turkiyani san’at bilan olish juda katta masala. Yulduz Usmonovani Turkiyada qo‘shiqlarini juda ko‘p odam bilardi. Misol uchun, «Dunyoda o‘limdan boshqasi yolg‘on» degan qo‘shiqni aytgan desak, bo‘ldi, ko‘pchilik tanirdi, lekin o‘zini ko‘rishmagan.

Avvalo o‘zi aytgan qo‘shiqlarini turkchaga o‘zgartirib, shu bilan tanitib oldik. Turkiyada katta-katta telekanallarning xit paradida uch oylab birinchi o‘rinda turdik. Katta-katta san’atkorlar Yulduz Usmonovani ko‘rib, qo‘shiqlar berishini iltimos qilishardi.

Yulduz Usmonova Turkiyada juda katta, yaxshi natijalarga chiqib, u yerda shu darajamizni saqlab, keyin chekinganmiz. Sababi u yerda shu darajasini saqlab qolishi kerak edi. Bir paytlar Yulduz Turkiya shou-biznesida bor edi emas, u bor, degan fikr bilan qaytganmiz
", - dedi Mansur Agaliyev.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Yulduz Usmonovaning eri Mansur Agaliyev Turkiyadagi qiyinchiliklari haqida gapirib berdi (video)