17:53 / 01.04.2021
2 997

Shifokor-onkologlar butunlay voz kechishni tavsiya etadigan 7 mahsulot

Shifokor-onkologlar butunlay voz kechishni tavsiya etadigan 7 mahsulot
Foto: «Domashniy ochag»
Afsuski, bugunga qadar saraton kasalligidan yuz foiz himoya qiladigan va ushbu kasallikning maksimal darajada oldini olishga yordam beradigan vosita topilmadi. Ammo uning rivojlanish xavfini oshirishga yordam beradigan omillar talaygina. Kasallikning qo‘zg‘atuvchisi esa muntazam iste’mol qilinadigan ayrim mahsulotlardir. Saraton kasalligini davolovchi shifokorlar bular qaysi mahsulotlar ekanligiga oydinlik kiritdi va ularni ratsiondan iloji boricha tezroq chiqarishni maslahat beradi.

Kolbasa va qayta ishlangan go‘sht mahsulotlari

Foto: «Domashniy ochag»
Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkiloti mutaxassislari kolbasa va qayta ishlangan go‘sht mahsulotlarini kanserogen sifatida rasmiy ravishda ajratdi. E’lon qilingan hisobotda ta’kidlanganidek, har kuni atigi 50 gramm qayta ishlangan go‘sht ichak saratoni xavfini 18 foizga oshiradi. Bundan tashqari, ushbu mahsulotlar tanaga kirib, xavfli kasallikka chalinish ehtimolini oshiradi.

Bodroqlar

Foto: «Domashniy ochag»
Jo‘xori donidan tayyorlanadigan bodroqlar ham salomatlik uchun eng xavfli yegulik sanaladi. Uni tayyorlashda sintetik moydan foydalaniladi, bug‘i tarkibida esa xavfli diatsit birikmasi mavjud bo‘lib, bu o‘pka saratoniga olib kelishi mumkin. Afsuski, diatsit bodroqqa o‘zgacha ta’m beradi va insonda yana iste’mol qilish hissini paydo qiladi.

Losos balig‘i

Foto: «Domashniy ochag»
Maxsus yetishtiriladigan losos balig‘i arzon bo‘lishi birga, sog‘liq uchun ham zararlidir. Ushbu turdagi baliq go‘shti tarkibida xavfli o‘smalar paydo bo‘lish xavfini oshiradigan toksik moddalar mavjud.

Kaboblar

Foto: «Domashniy ochag»
Yuqori haroratda pishiriladigan kabob, tovuq va shu kabi boshqa mahsulotlar sog‘liq uchun zararli bo‘lgan kanserogen moddalarni chiqarishga olib keladi. Biroq bu kabobdan abadiy voz kechish kerak degani emas, uni iste’mol qilishi me’yorga e’tibor qaratish lozim.

Sun’iy ta’m beruvchilar

Foto: «Domashniy ochag»
Qisqasini aytganda, har qanday shakar o‘rnini bosuvchi ta’m beruvchi moddalardan tezroq voz kechish kerak. Ular organizmga kirganidan so‘ng metabolizmni buzadi, yurak xuruji xavfini oshiradi va nihoyat ular ham kanserogen hisoblanadi. Shuningdek, shakarni o‘ta ko‘p iste’mol qilish ham saraton hujayralarining ko‘payishining tezlashishiga olib kelishi mumkin. Shuning uchun imkon qadar kamroq shakar iste’mol qilish zarur.

Spirtli ichimliklar

Foto: «Domashniy ochag»
Miya, qizilo‘ngach, jigar, ko‘krak va yo‘g‘on ichak saratoni – bu dahshatli kasallikning paydo bo‘lishiga nima sabab bo‘lishi mumkin? Albatta, ularning rivojlanishi spirtli ichimliklarni muntazam ravishda iste’mol qilishni qo‘zg‘atishi mumkinligi tadqiqot orqali isbotlangan. Agar spirtli ichimlik ichishni birdaniga butunlay to‘xtatishni imkoni bo‘lmasa, miqdorni birozdan kamaytirish orqali bunga erishish kerak.

Transyog‘lar

Foto: «Domashniy ochag»
Transyog‘lar odatda suyuq moylarni gidrogenlash orqali qattiq yog‘larga aylantirilganda hosil bo‘ladi. Bu mahsulotning yaroqlilik muddatini uzaytiradi va uning ta’mini barqarorlashtirish maqsadida amalga oshiriladi. Shundan so‘ng ular margarin, yormalar, shirinliklar, chips, gazak va turli xil salat qo‘shimchalari kabi mahsulotlar tarkibida keng qo‘llaniladi. Hayoti va salomatligini xavf ostiga qo‘yishni istamaydiganlar tarkibida transyog‘lar mavjud bo‘lgan mahsulotlarni qat’iy ravishda cheklashi zarur.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Shifokor-onkologlar butunlay voz kechishni tavsiya etadigan 7 mahsulot