Foto: «Zen.yandex.ru»
Birmingem universiteti olimlari yurak mushagini stressli vaziyatlarning zararli ta’siridan himoya qilishga yordam beradigan ichimlikni ma’lum qilishdi. Ularning so‘zlariga ko‘ra, bunday ichimlik kakao hisoblanadi. Faqat uni muntazam ravishda iste’mol qilish lozim, deya xabar berdi Nutrients.
Tadqiqotchilar kakao donachalari tarkibida flavanoidlar — ruhiy tushkunlik paytida yurak-qon tomirlariga ijobiy ta’sir ko‘rsatuvchi moddalar borligini aniqladilar. Ular shu tariqa a’zoni shikastlanishdan himoya qilishga yordam beradi.
Tadqiqotda ta’kidlanishicha, flavanoidlarga boy kakao iste’mol qilish stressdan keyin endotelial disfunksiyalarning vaqtinchalik buzilishini kamaytirish hamda qon oqimini yaxshilashning samarali usuli bo‘lishi mumkin.
Olimlar ushbu shirin ichimlikni kundalik taomnomaga qo‘shishni maslahat berishadi. Negaki kakao ham kayfiyatni saqlashga xizmat qiladi. Uning mazali ta’mi depressiv kasalliklarga qarshi kurashishda yordam beradigan baxt gormoni – endorfin va serotonin ishlab chiqarishga ko‘maklashadi. Tadqiqotchilar, xuddi shu flavanoidlar nafaqat kakaoda, balki ko‘k choy, malina, gilos, maymunjon va uzumlarda ham mavjudligini eslatib qo‘ydilar. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
BAAda isroillik ravvin o‘ldirib ketildi
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
Rossiya yuzlab yamanliklarni Ukrainaga qarshi urushga yolladi
Xitoy Yaponiya va sakkizta davlat fuqarolariga vizasiz rejimni joriy etadi
Abdusalom Azizovning DXX raisligidan haydalgani tasdiqlandi
O‘zbekistonda kelasi hafta boshida qanday ob-havo bo‘lishi ma’lum qilindi
Yevropa Chempionlar Ligasining 5-turida qanday natijadar qayd etildi?