20:53 / 21.04.2021
8 773

Diyetologlar erkaklar uchun foydali mahsulotlarni ma’lum qilishdi


Foto: «Unsplash»
Amerikalik diyetologlar erkaklar uchun nihoyatda foydali bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlarini ma’lum qilishdi. Bu haqda Eat This, Not That! nashri xabar bermoqda.
Nutritsiolog Keri Gans erkaklar taomnomasiga bodomni kiritish kerak, deb hisoblaydi.

«Magniyning ajoyib manbai», — deydi u. — Tadqiqotlarga ko‘ra, magniy yetishmovchiligi bo‘lgan erkaklarda testosteron darajasi past. Magnezium yurak-qon tomirlar sog‘lig‘i uchun muhim, mushak va asabning me’yorda ishlashini ta’minlaydi va hujayralaringiz energiya ishlab chiqarishga yordam beradi».

Diyetolog Emi Shapiro erkaklarga likopenga boy mahsulotlar, masalan, pomidor iste’mol qilishni maslahat beradi. Antioksidant har to‘qqizinchi erkakda uchraydigan prostata bezi saratonining oldini olishga yordam beradi.

Diyetolog Kristi Brissettning so‘zlariga ko‘ra, prostata bezi saratoni ko‘proq semizlikdan qiynalayotgan odamlarga xavf soladi. Ortiqcha vazn bilan bog‘liq muammolarga duch kelmaslik uchun ko‘proq meva-sabzavot, xususan, chernika iste’mol qilishni tavsiya etadi.

«Bir stakan chernika atigi 80 kilokaloriyaga ega bo‘lib, u o‘simlik tolasi (bir stakanda 3,6 g) va S vitamini (bir stakanda 3,9 mg)ning yaxshi manbai», — deydi mutaxassis.

Lizzi Lakatos va Temmi Lakatos-Sheymz ismli diyetologlar erkaklarga zararli bifshteks va bekon o‘rniga ko‘proq sardina iste’mol qilishni maslahat berishadi.

«Sardina oqsilga boy va yallig‘lanishga qarshi va surunkali kasalliklar, shu jumladan, yurak xastaligi va shu bilan bog‘liq triglitseridlar va qon bosimi yoki arteriyalardagi aterosklerotik tiqinlar kabi xavfli omillar xavfini kamaytiradigan omega-3 yog‘ kislotalarining eng yaxshi manbalaridan biridir», — deyishadi ular.
Boshqa mutaxassislar har kuni ismaloq, yogurt, kartoshka, avokado, tarvuz va don mahsulotlarini yeyishni maslahat berishadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Diyetologlar erkaklar uchun foydali mahsulotlarni ma’lum qilishdi