Foto: Freepik
Oziq-ovqat mahsulotlari nafaqat organizmning salomatligi, balki ruhiyatga ham ijobiy yoki ta’sir qiladi.
Tozalangan guruch
Tarkibida tez singadigan uglevodlar ko‘p bo‘lgani sabab glyukozani qonga singishiga olib keladi. Buning hisobiga qand miqdori keskin kamayishi bu esa miya ahvoli hamda asab tizimiga salbiy ta’sir qilishi mumkin.
Popkorn
Oqsil, fosfor, temir va magniyni o‘z ichiga oladigan popkorn asab tizimi uchun foydali. Undagi B vitamin esa depressiya va stressning oldini oladi.
Tunes (baliq turi)
Ushbu baliqda miqdori oshib ketishi xotira bilan bog‘liq muammolarni keltirib chiqaradigan simob mavjud. Tunes, shuningdek, gormon va asab tizimini ishdan chiqaruvchi sintetik moddani ham o‘z ichiga oladi.
Boshoqli o‘simliklar
Boshoqli o‘simliklar tarkibida glyuten mavjud. Glyutendagi antitana organizm uchun muhim bo‘lgan elementlarni ishdan chiqarishi mumkin. Ushbu moddalar yetishmaganda esa odamda depressiya kuzatiladi.
Qora shokolad
Shokoladda miya hujayralarining faolligi uchun javob beradigan flavonoidlar bor. Flavonoid qon tomirlarni kengaytiradi va miya qo‘shimcha kislorod bilan ta’minlanadi.
Qattiq pishloq
Pishloqning mazkur turida qon bosimini ko‘tarib, migren keltirib chiqaradigan tiramin mavjud.
Pechda pishirilgan kartoshka
Bunday usulda tayyorlangan kartoshkada miyani kislorod bilan ta’minlaydigan kaliy mavjud. Qolaversa, miyani qon bilan ta’minlaydigan va energiya bilan ta’minlaydigan glyukoza, B vitamin hamda aminokislotalar bor.
Loviya
Loviya teri oshlovchi moddalarni o‘z ichiga oladi. Organizmda ularning oshib ketishi temir singari minerallarning qayta ishlanishi qiyin bo‘ladi. Bu miyada qon aylanishi bilan bog‘liq muammolar hamda anemiyani keltirib chiqaradi.
Zarchava
Zarchava miya erta qarishining oldini oladigan antioksidantlarning koni. Uning iste’moli kognitiv qobiliyatlarni yaxshilanishiga hissa qo‘shadi.
Shafran
Shafran miya yaxshi ishlashini ta’minlaydigan, ayrim psixologik muammolarni bartaraf etish xususiyatiga ega bo‘lgan B va C vitaminlariga boy.
Dolchin
Dolchin spirti va aldegidni o‘z ichiga oladigan ushbu mahsulot diqqat, xotira va tez reaksiya qilish singari vazifalarni bajarishga yordam beradi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
BAAda isroillik ravvin o‘ldirib ketildi
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
Rossiya yuzlab yamanliklarni Ukrainaga qarshi urushga yolladi
Xitoy Yaponiya va sakkizta davlat fuqarolariga vizasiz rejimni joriy etadi
Abdusalom Azizovning DXX raisligidan haydalgani tasdiqlandi
O‘zbekistonda kelasi hafta boshida qanday ob-havo bo‘lishi ma’lum qilindi
Supergol urgan Fayzulllayevning o‘yini qanday baholandi?