Jamshid Bobojonov: “Ajrashishimga o‘zim sababchiman” (video)

1 daqiqa o'qish376
Jamshid Bobojonov: “Ajrashishimga o‘zim sababchiman” (video)

Aktyor va food-bloger Jamshid Bobojonov “Zamon.uz”ga bergan intervyusida rafiqasi bilan ajrashish sabablari, oiladagi erkak kishining mas’uliyati hamda ajrimdan keyingi munosabatlar haqida gapirdi.

Jamshid Bobojonov oilaning buzilishida ayolni ayblash noto‘g‘ri ekanini ta’kidladi. Uning fikricha, oiladagi muammolarning kelib chiqishida ko‘pincha erkakning ham mas’uliyati bor.

“Ajrashishimga, oilam buzilishiga o‘zim sababchiman, deyman. Oila buzilishiga ayol sababchi emas. Oilalar buzilishi ko‘payib ketishining sabablaridan biri — erkak. Ayol kishi yomon bo‘lib, shallaqilik qilsa ham, balki erkak shunga olib borgandir. Tashqaridan mehr talab qilib qolsa ham, erkak aybdor. Bolalariga qaramayaptimi — erkak aybdor. Uy toza emasmi — erkak aybdor”, — dedi u.

Suhbat davomida boshlovchi ham jamiyatda oiladagi muammolar uchun ko‘pincha ayol kishini ayblash odat tusiga kirganini ta’kidladi.

Jamshid Bobojonov esa ajrashganiga ancha vaqt bo‘lganini aytib, farzandining onasi haqida salbiy gapirishni o‘ziga ep ko‘rmasligini bildirdi.

“Men ajrashganimdan beri ancha vaqt o‘tdi. Farzandimning onasi juda yaxshi inson. Men uni juda hurmat qilaman. U oila qurgan va hozir O‘zbekistonda yashashmaydi. Jamiyatda o‘tirib, 'ajrashdim, xotinim yomon chiqdi', deydigan erkakdan nafratlanaman. Sen erkak kishisan, farzanding bor. Qanday qilib farzandingning onasi haqida yomon gapirishing mumkin?” — dedi food-bloger.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?